“Oʻzbekiston – 2030” strategiyasi doirasida taʼlimga davlat budjetidan qancha mablagʻ ajratish rejalashtirilgan?

O’zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi  tomonidan e’lon qilingan Budjetnomaga ko’ra, “Oʻzbekiston – 2030” strategiyasidan kelib chiqib, oʻrta muddatli davrda taʼlim va fan sohasida bir qator islohotlarni amalga oshirish uchun Davlat budjetidan mablagʻlar yoʻnaltirish koʻzda tutilgan.

 

Jumladan:

 

– maktabgacha taʼlimdagi qamrov darajasini 80 foizga yetkazish, jumladan, maktabgacha taʼlim xizmatlari nodavlat sektorini yanada rivojlantirish orqali qamrab olingan bolalarning nodavlat MTTlaridagi qamrovini 45 foizga yetkazish;

 

 

– DXSH shaklidagi nodavlat bogʻchalarga davlat tomonidan bolalarni imtiyozli shartlarda qabul qilish boʻyicha oʻrnatilgan majburiyatlarni qayta koʻrib chiqish orqali ular daromadlarini oshirish;

 

 

– davlat MTTlarini kompyuter sinfi bilan taʼminlash orqali tarbiyalanuvchilarda boshlangʻich kompyuter savodxonligi koʻnikmalarini shakllantirish;

 

 

– MTT va umumiy oʻrta taʼlim muassasalarini toza ichimlik suv va zamonaviy sanitariya-gigiyena infratuzilmasi bilan toʻliq taʼminlashning 5 yillik dasturini qabul qilish;

 

 

– umumiy oʻrta taʼlim maktablarida yangi oʻquv oʻrinlarini yaratish, shu jumladan, ushbu yoʻnalishga xususiy sektorni keng jalb qilish;

 

 

– umumiy oʻrta taʼlim muassasalarida darsliklarni toʻliq yangilash;

 

 

– oliy taʼlim bilan qamrab olish darajasini jami bitiruvchilar soniga nisbatan 50 foizga yetkazish;

 

 

– 69 oliy taʼlim muassasalarida talabalarni turar joy bilan qamrab olish darajasini oshirish, barcha qulayliklarga ega boʻlgan zamonaviy talabalar turar joylarini qurish uchun qoʻshimcha sharoitlar yaratish.

 

 

 “2025-yilda taʼlim va fan sohasi uchun 86,6 trln soʻm (2024-yilgi kutilayotgan ijroga nisbatan 18,2 foiz koʻp) yoki Davlat budjeti xarajatlarining 25,1 foizi miqdoridagi mablagʻlar rejalashtirilmoqda”, – deyilgan Budjetnomada.

 

 

2026-2027-yillarda ushbu sohalarga tegishincha 101,2 trln soʻm va 115,7 trln soʻm mablagʻlar yoʻnaltirish koʻzda tutilgan.

 

 

Add a Comment

Your email address will not be published.

Mavzuga oid​

Telegram kanalga a’zo bo’lgan holda yangiliklar to'g'ridan-to'g'ri xabardor bo’ling!

Hamkorlarimiz

По теме

Станьте участником Telegram-канала и будьте в курсе новостей напрямую!

Наши партнеры