Maktablardagi kuzgi ta’til davrida o‘qituvchilar ishga kelmasa bo‘ladimi?

Amaldagi Mehnat kodeksining 114-moddasiga ko‘ra, xodimlar o‘z ish jadvali yoki mehnat shartnomasiga muvofiq belgilangan vaqtda mehnat vazifalarini bajarishlari kerak.

 

MKning 125-moddasiga binoan ish beruvchi har bir xodimning ishlagan vaqtini to‘liq va aniq hisobga olishga majbur. Pedagog xodimlarning ish vaqti ular bajarishi kerak bo‘lgan pedagogik yuklamaga muvofiq belgilanadi.

 

O‘qituvchilarning pedagogik yuklamasini bajarishi har kunlik ishga kelish-ketish jurnalida qayd etiladi va har oylik ish vaqtini hisobga olish tabelida aks ettiriladi. Bu yerda dars va pedagogik soatlarning umumiy miqdori ko‘rsatiladi.

 

Darslar yo‘q vaqtlarda xodimlar pedagogik yuklamasiga kiruvchi ishlarni bajarishi yoki maktab ma’muriyati tomonidan belgilangan topshiriqlarni amalga oshirishi lozim. Mehnat kodeksining 154-moddasiga ko‘ra, xodim haqiqatda bajargan ishi uchun maosh oladi; bajarmagan ishi uchun esa haq to‘lanmaydi.

 

Bunday holatlar qonunchilikka asosan ta’lim muassasasi kasaba uyushmasi bilan kelishib, rasmiylashtiriladi. Agar xodim ishga kelmasa, tabelga kiritilmaydi va unga haq to‘lanmaydi.

 

Agar maktab ichki qoidalarida ishga kechikish yoki kelmaslik mehnat vazifalarini qo‘pol ravishda buzish sifatida belgilangan bo‘lsa, o‘qituvchi bilan mehnat shartnomasi bekor qilinishi mumkin.

 

Xulosa qilib aytganda, kuzgi ta’til davrida darslar bo‘lmasa ham, o‘qituvchilar ishga kelmaslik huquqiga ega emaslar.

Add a Comment

Your email address will not be published.

Mavzuga oid​

Telegram kanalga a’zo bo’lgan holda yangiliklar to'g'ridan-to'g'ri xabardor bo’ling!

Hamkorlarimiz

По теме

Станьте участником Telegram-канала и будьте в курсе новостей напрямую!

Наши партнеры