Pandemiyadan keyingi boshlang’ich sinf bolalarida muloqot qobiliyati yetishmaydi —  tadqiqot

Angliyadagi boshlang‘ich maktablarda COVID-19 pandemiyasidan keyin boshlang’ich sinflarga kelayotgan bolalarda muloqot qobiliyati sezilarli darajada pasaygani aniqlangan. Bu holat bolalarning maktabda muvaffaqiyatli bo‘lishiga to‘sqinlik qilmoqda.

 

 

Angliya hukumatining ta’lim va bolalar xizmatlari sifatini nazorat qilish uchun javobgar bo’lgan Ofsted tashkiloti hisobotiga ko‘ra, bolalar muloqot qilish, til va nutq sohasidagi qiyinchiliklar tufayli darslarni tushunishda va do‘stlashishda qiynalayotganlari kuzatilmoqda.

 

Tashkilot inspektorlari tomonidan amalga oshirilgan tekshiruvlarda, COVID pandemiyasi bolalarning xatti-harakatlari va ijtimoiy ko‘nikmalariga hali ham ta’sir qilayotgani qayd etilgan. Maktab inspektorlarini berayotgan ma’lumotlariga ko’ra, boshlang’ich sinfga kelgan bolalarda muloqot, til rivojlanishi, o‘z-o‘zini parvarish qilish ko‘nikmalari va hissiy qiyinchiliklar bor.

 

Hisobotda, ba’zi maktablar nutq, til va muloqotda muammolari bo‘lgan bolalar uchun maxsus yordam ko‘rsatishni boshlaganliklari ta’kidlangan. Ayniqsa, to‘rt yoshdan boshlab qabul qilinadigan o‘quv dasturlariga o‘zgartirishlar kiritilmoqda. O’qituvchilar bolalarning ehtiyojlarini ifoda etishi va do‘st orttirishi uchun nutq va til rivojlanishiga ko‘proq e’tibor qaratmoqda.

 

Ofsted tashkiloti bosh inspektori Martin Oliver boshlang‘ich maktablarda erta o‘qish va matematikani o‘rgatishda muvaffaqiyatlarga erishilayotganini ta’kidlagan.

 

 

“Biroq, ko‘plab bolalar pandemiyaning ta’sirini bartaraf etishga hali ham harakat qilmoqda va o‘qituvchilar bu jarayonda qiyinchiliklarga duch kelmoqda. Maktablar bolalarni ta’limga moslashtirish va ularning ehtiyojlarini qondirish uchun qo’shimcha choralar ko’rish zarur”.

 

Shuningdek, 2023-yil oxirida 20 ta boshlang‘ich maktabga tashrif asosida tayyorlangan ma’lumotlar asosida pandemiyaning ta’siri yoritilgan. Unda ayrim bolalar “asosiy bilimlarni” o‘tkazib yuborganliklari sababli, 1-sinfning asosiy o‘quv dasturini qo‘llashda qiyinchiliklarga duch kelinayotgani qayd etilgan.

 

“Biz 1-sinf bolalarini ko‘rdik, ular asosan jim bo‘lishdi va o‘qituvchi har bir bolaga savol berganda o‘zlarini chetga tortgandek ko‘rsatishdi. Ba’zi bolalar gapirish uchun o‘z navbatlarini uzoq kutishga to‘g‘ri kelgani uchun taslim bo‘lganga o‘xshardi. Boshqa bolalar nima o‘rgatilayotganini yoki tengdoshlari nima deyayotganini tushunmayotganga o‘xshardi,” – degan Ofsted inspektori.

 

O’qituvchilar kasaba uyushmalari o‘z tengdoshlaridan ortda qolish xavfi ostida bo‘lgan bolalarga ko‘proq mutaxassis yordamini ta’minlash uchun maktablarni qo‘llab-quvvatlash zarurligini ta’kidlamoqda. O‘qituvchilar milliy assotsiatsiyasi vakillari pandemiya davrida qoldirilgan boshlang‘ich ta’lim tajribalarining ta’siri o‘quvchilarga qanday ta’sir ko‘rsatganini qayd etishib, maktablar uchun ko‘proq resurslar va yordam talab qilmoqda.

 

Bundan tashqari, maktablarda o‘quvchilarning xulq-atvori noto‘g‘ri o‘yin va o‘quv faoliyati tufayli yomonlashgani qayd etilgan. O’yinlar ko’pincha rivojlanishni qo’llab-quvvatlamagan holda, faqat bolalarni band qiladi. Bu bolalarning fikrlash va muloqot qilish ko‘nikmalarini rivojlantirish imkoniyatini kamaytiradi.

Add a Comment

Your email address will not be published.

Mavzuga oid​

Telegram kanalga a’zo bo’lgan holda yangiliklar to'g'ridan-to'g'ri xabardor bo’ling!

Hamkorlarimiz

По теме

Станьте участником Telegram-канала и будьте в курсе новостей напрямую!

Наши партнеры