O‘zbekistonda maktabgacha ta’limda bolalarning matematik ko‘nikmalari 94% ga yetdi

2023-yil 9-oktabrdan boshlab, O‘zbekiston bo‘ylab maktabgacha ta’lim sifatini baholash bo‘yicha MELQO xalqaro vositasi asosida ilk bosqich amalga oshirilgan. Bu vosita dunyo miqyosida erta yoshdagi bolalarni rivojlantirish va ta’lim sifatini baholashda qo‘llaniladi.

 

2023-yilda O’zbekiston bo‘ylab 100 ta maktabgacha ta’lim tashkiloti tasodifiy tanlab olinib, baholash jarayonlari sertifikatlangan mutaxassislar tomonidan amalga oshirilgan. Ushbu jarayonning ikkinchi bosqichi 2024-yilda davom etib, 250 ta muassasa qamrab olingan.

 

A.Avloniy nomidagi pedagogik mahorat milliy institutida o‘tkazilgan seminarda Jahon bankining katta iqtisodchisi va MELQO baholash hisobotining hammuallifi Hiroshi Saeki tomonidan e’lon qilingan baholash natijalariga ko‘ra:

 

– Bolalarning ilk matematik ko‘nikmalarini o‘zlashtirish darajasi o‘rtacha 94% ga yetgan;

 

– Katta va tayyorlov guruhlaridagi bolalarning erta savodxonlik ko‘nikmalari 77% dan yuqori ekanligi qayd etilgan.

 

2024-yilda davom etadigan baholash dasturida 250 ta maktabgacha ta’lim tashkiloti tanlab olinib, baholash o‘tkaziladi. Ushbu tadqiqot O‘zbekistonning ta’lim tizimini yanada rivojlantirish va takomillashtirishda asosiy ma’lumot manbai sifatida foydalaniladi.

Add a Comment

Your email address will not be published.

Mavzuga oid​

Telegram kanalga a’zo bo’lgan holda yangiliklar to'g'ridan-to'g'ri xabardor bo’ling!

Hamkorlarimiz

По теме

Станьте участником Telegram-канала и будьте в курсе новостей напрямую!

Наши партнеры