Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 25-apreldagi “Maktabgacha va umumtaʼlim tashkilotlari faoliyatini tekshirish ishlarini tartibga solish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarorida quyidagilar umumtaʼlim muassasalari faoliyatini tekshirishga vakolatli davlat organlari sifatida qayd etilgan:
– Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi va uning voyaga yetmaganlar oʻrtasida nazoratsizlik va huquqbuzarliklar profilaktikasini amalga oshiruvchi maxsus boʻlinmalari;
– Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining Davlat yongʻin xavfsizligi xizmati va uning hududiy boʻlinmalari;
– Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining Davlat yongʻin xavfsizligi xizmati va uning hududiy boʻlinmalari;
– Oʻzbekiston Respublikasi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati hamda uning hududiy boshqarmalari va boʻlimlari;
– Oʻzbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi hamda uning tegishli hududiy boʻlinmalari;
– Oʻzbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi va uning tegishli hududiy boʻlinmalari;
– Oʻzbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi va uning tegishli hududiy boʻlinmalari;
– Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi va uning tegishli hududiy boʻlinmalari.