Fanlar majmuasida chet tili birinchi fan sifatida belgilangan ta’lim yo‘nalishlariga  xorijiy tildan test sinovi o‘tkazilmaydi

Qonunchilikka ko‘ra (PF-81, 2024.24.05) 2025-2026-o‘quv yili qabulidan boshlab fanlar majmuasida chet tili birinchi fan sifatida belgilangan ta’lim yo‘nalishlariga qabul xorijiy tilni bilish darajasini belgilovchi milliy yoki xalqaro sertifikat asosida amalga oshiriladi.

 

 

Bunda fanlar majmuasida chet tili birinchi fan sifatida belgilangan ta’lim yo‘nalishlariga qabul qilishda ushbu fandan test sinovi o‘tkazilmaydi. Abituriyentlardan belgilangan darajadagi sertifikatni taqdim etish talab etiladi.

 

 

Bilimni baholash agentligi abituriyentlarga qulaylik yaratish maqsadida har oyda xorijiy tillarni bilish darajasini aniqlash va sertifikat berish bo‘yicha imtihonlar o‘tkazib kelmoqda. Imtihonda ishtirok etish uchun my.gov.uz sayti orqali ro‘yxatdan o‘tiladi. Imtihonlar jadvali bilan mana bu havola orqali tanishish mumkin:

 

https://uzbmb.uz/page/test_jadval_cefr

 

Shuningdek, abituriyentlar oliy ta’lim yo‘nalishlariga qabul qilishda tan olinadigan xorijiy tilni bilish darajasini belgilovchi milliy yoki xalqaro sertifikatlar va talab etilgan darajalar bilan mana bu havola orqali tanishishlari mumkin:

 

https://lex.uz/pdfs/6943986

 

SS

Add a Comment

Your email address will not be published.

Mavzuga oid​

Telegram kanalga a’zo bo’lgan holda yangiliklar to'g'ridan-to'g'ri xabardor bo’ling!

Hamkorlarimiz

По теме

Станьте участником Telegram-канала и будьте в курсе новостей напрямую!

Наши партнеры