Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi ma’lum qilishicha Toshkent tumanlararo iqtisodiy sudining 2024-yil 10-oktabrdagi hal qiluv qarori bilan lisenziya talab va shartlariga amal kilmaganligi uchun “Digital university” masʼuliyati cheklangan jamiyatiga 2022-yil 13-sentabrda nodavlat taʼlim xizmatlarini koʻrsatish faoliyati uchun berilgan 038673-sonli litsenziya bekor qilingan.
Ushbu universistetda quyidagi yo’nalishlar bo’lgan:
– Raqamli Biznes Boshqaruvi
– Oʻyin Yaratish
– Sunʼiy intellekt va Robototexnika
– Maʼlumotlar ilmi – Kiberxavfsizlik
– Umumtaʼlim kursi – Kompyuter texnologiyalari
– Umumtaʼlim kursi – Biznes
Ma’lumot uchun, iyul oyida xususiy ta’lim sohasidagi tadbirkorlar bilan Savdo-sanoat palatasi, Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi, Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi rahbarlarining ochiq muloqotida tadbirkor, IDU xalqaro raqamli universitet asoschisi Ibrohim Hurramov taʼlim sohasida litsenziya berish va uni nazorat qilish vazifasi betaraf idoraga yuklatilishi taklifi bilan chiqqan edi.
“Oʻzining maktablari, universitetlari yoʻq idora sohadagi reformalarni olib borsin. Shunda betaraf yondashish boʻladi”, — degan edi u.