Prezident qarori bilan o’qituvchilarga ustama to’lashdagi muammolar hal etildi

xalqtaliminfo.uz sayti jurnalisti Ulug’bek Po’latovning yozishicha, joriy yilda Farg‘ona viloyatining ayrim tumanlarida moliyaviy tekshiruvlar o‘tkazilgan va o‘qituvchilarga direktor jamg‘armasi hisobidan tayinlangan ustama pullarini iyun-avgust oylarida to‘lab berish moliyaviy xato deb topilib, o‘qituvchilardan Mehnat kodeksining 269-moddasiga zid ravishda pullarni undirmoqchi bo‘lishgan.

 

 

Lekin Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining aralashuvi bilan holatga ijobiy nuqta qo‘yilgan. Ammo xuddi shu kabi holatlar Qashqadaryo viloyatining Shahrisabz shahrida ham kuzatilgan.

 

 

Bu muammoning kelib chiqish sabablari nimada?

 

 

Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 30-sentyabrdagi 823-son qarori bilan tasdiqlangan nizomda ustamalar o‘quv yili uchun belgilanishi nazarda tutilgan.

 

 

Vazirlar Mahkamasining (15.03.2017-yildagi 140-son) qarori bilan tasdiqlangan “Umumiy o‘rta ta’lim to‘g‘risida”gi Nizomda o‘quv yili ummumta’lim muassasalarida 2-sentyabrdan kelgusi yilning 25-mayiga qadar davom etishi belgilanganligi bois, tekshiruvchilar iyun-avgust oylarida pedagog xodimlarga ustama to‘lanmaslik kerak degan xulosaga kelishadi.

 

 

Ammo, Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 21-dekabrdagi 275-son qarori bilan tasdiqlangan “Xalq ta’limi xodimlari mehnatiga haq to‘lash to‘g‘risida”gi Nizomda ham direktor jamg‘armasi hisobidan pedagoglarga tayinlanadigan ustamalarni qaysi davr mobaynida to‘lanishi bo‘yicha aniq norma belgilanmagan.

 

 

Shundan so‘ng, turli xil hududlarda o‘tkazilgan tekshiruv natijalsida iyun-avgust oylarida pedagoglarga to‘lab berish to‘xtatila boshlangan.

 

 

Bu orada xalqtaliminfo.uz tahririyati tomonidan pedagoglarga iyun-avgust oylarida ustama to‘lashni to‘xtatib qo‘yishga hech qanday asos yo‘qligi, bu ma’lumot asosli bo‘lib chiqqan taqdirda ham pedagoglarga ustama sifatida to‘lab berilgan pullarni qayta undirish noqonuniy ekanligi va bu masalaga e’tibor qaratish maqsadida Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligiga rasmiy xat yuborgan.

 

 

Muammo o’z yechimini topdimi?

 

Joriy yilning 30-sentyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ-346-sonli qarorining 3-ilovasi bilan Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 21-dekabrdagi 275-son qarorining 21-bandiga qo‘shimchalar kiritildi.

 

Kiritilgan qo‘shimchaga ko‘ra, direktor jamg‘armasi hisobidan yangi o‘quv yili uchun tayinlanadigan ustamalar joriy yilning 1-sentyabridan 31-avgustga qadar to‘lab borilishi belgilandi.

 

Ayni vaqtda Adliya vazirligi tomonidan Prezidentning PQ-346-sonli qaroridan kelib chiqqan holda Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 21-dekabrdagi 275-son qaroriga tegishli o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilmoqda.

Add a Comment

Your email address will not be published.

Mavzuga oid​

Telegram kanalga a’zo bo’lgan holda yangiliklar to'g'ridan-to'g'ri xabardor bo’ling!

Hamkorlarimiz

По теме

Станьте участником Telegram-канала и будьте в курсе новостей напрямую!

Наши партнеры