2023-yilda magistraturani tugatganlar attestatsiyada ishtirok etishlari mumkinmi?

Vazirlar Mahkamasining qarorida belgilangan nizomga binoan, ilgari attestatsiyadan o‘tmagan ishga yangi qabul qilingan pedagog kadrlarga yoki oliy ta’lim tashkilotlarini bitirib birinchi bor ishga kirgan pedagog kadrlarga attestatsiyaga jalb etilgunga qadar quyidagi tartibda malaka toifasi (lavozim) beriladi:

 

-magistr darajasiga ega mutaxassislarga, shuningdek, oliy ma’lumot darajasi bo‘yicha akademik darajalar joriy etilgunga qadar olingan oliy ma’lumotli pedagog kadrlarga — ikkinchi malaka toifasi (katta o‘qituvchi lavozimi);

 

Nizomning 48 bandida: ” Pedagog kadrlarning bazaviy tarif stavkalari miqdori, ularning malaka toifasi yoki lavozimi sertifikat asosida belgilanishi hamda ularning ish haqlari sertifikat generatsiya qilingan kundan boshlab qayta hisoblanishi belgilab qo‘yilgan.

 

Talabgor, dastlab to‘g‘ridan to‘g‘ri ikkinchi toifa olish bo‘yicha murojaat yuborishi, ikkinchi toifa sertifikatini olgandan keyin esa birinchi toifa olish uchun navbatdan-tashqari attestatsiyada ishtirok etishi mumkin.

Add a Comment

Your email address will not be published.

Mavzuga oid​

Telegram kanalga a’zo bo’lgan holda yangiliklar to'g'ridan-to'g'ri xabardor bo’ling!

Hamkorlarimiz

По теме

Станьте участником Telegram-канала и будьте в курсе новостей напрямую!

Наши партнеры