2025-yil 1-sentabrgacha barcha maktablarda nazorat kamerasi va biometrik tizim o‘rnatiladi

O‘zbekistonning umumiy o‘rta ta’lim muassasalari hududining xavfsizligini ta’minlash va o‘quvchilar davomatini doimiy ravishda kuzatib borish maqsadida “Xavfsiz maktab” tizimi joriy qilinmoqda.

 

 

Bu chora 2022-2026-yillarda xalq ta’limini rivojlantirish bo‘yicha milliy dastur doirasida amalga oshirilishi belgilangan.

 

 

Dastlab, umumiy o‘rta ta’lim muassasalariga nazorat kameralari va biometrik identifikatsiya tizimlarini o‘rnatish bilan bog‘liq moliyalashtirish manbalari aniqlanadi. Ushbu loyihaning ilk bosqichi sifatida, 2024-yil 1-yanvargacha kamida 130 ta maktabda “Xavfsiz maktab” tizimi joriy etilishi rejalashtirilgan.

 

2025-yil 1-sentabrga qadar esa bu tizim barcha umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida to‘liq amalga oshirilishi ko‘zda tutilgan.

Add a Comment

Your email address will not be published.

Mavzuga oid​

Telegram kanalga a’zo bo’lgan holda yangiliklar to'g'ridan-to'g'ri xabardor bo’ling!

Hamkorlarimiz

По теме

Станьте участником Telegram-канала и будьте в курсе новостей напрямую!

Наши партнеры