Umumtaʼlim fanlari boʻyicha milliy sertifikatga ega boʻlgan pedagoglarga ustamalar toʻlash tartibi haqida batafsil

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 11-maydagi “2022-2026-yillarda Maktab taʼlimini rivojlantirish boʻyicha milliy dasturni tasdiqlash toʻgʻrisida”gi 134-sonli farmonining 9-bandiga koʻra, umumtaʼlim fanlari boʻyicha milliy sertifikatga ega boʻlgan pedagoglarga ustamalar toʻlanadi.

 

Mazkur qarorga koʻra, Bilim va malakani baholash agentligi tomonidan beriladigan quyidagi sertifikatlar uchun kamida B+ daraja olinganda 20 foiz miqdorida ularning ta’rif stavkalariga nisbatan ustama toʻlanadi:

 

  • Ona tili va adabiyot
  • Tarix
  • Geografiya
  • Kimyo
  • Biologiya
  • Matematika
  • Fizika

 

2022-yil 1-sentyabrdan boshlab

 

– Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi tizimidagi umumiy oʻrta taʼlim muassasalarida oʻzi dars beradigan fani boʻyicha tegishli darajadagi sertifikatga ega boʻlgan pedagog kadrlarga har oylik qoʻshimcha ustama quyidagi tartibda toʻlanadi.

 

– xalqaro tan olingan sertifikatga ega boʻlgan pedagog kadrlarga — ularning tarif stavkasiga nisbatan 50 foiz miqdorida;

 

– xalqaro standartlar talablariga javob beradigan milliy baholash tizimida olingan sertifikatga ega boʻlgan pedagog kadrlarga — ularning tarif stavkasiga nisbatan 50 foiz miqdorida. Bunda, milliy baholash tizimining xalqaro standartlar talablariga javob berishi vakolatli xalqaro tashkilotlar tomonidan tasdiqlangan boʻlishi lozim.

 

2025-yil 1-yanvarga qadar — ularning tarif stavkasiga nisbatan 50 foiz miqdorida;

 

2025-yil 1-yanvardan boshlab — ularning tarif stavkasiga nisbatan 20 foiz miqdorida toʻlanadi;

 

– har oylik qoʻshimcha ustama sertifikat amal qilish muddati davomida, lekin uch yildan koʻp boʻlmagan vaqt mobaynida toʻlanadi;

 

– umumtaʼlim fanlari boʻyicha bir nechta sertifikatga ega boʻlgan pedagog kadrlarga har oylik qoʻshimcha ustama yuqoriroq ustama olish huquqini beruvchi sertifikat boʻyicha toʻlanadi.

Add a Comment

Your email address will not be published.

Mavzuga oid​

Telegram kanalga a’zo bo’lgan holda yangiliklar to'g'ridan-to'g'ri xabardor bo’ling!

Hamkorlarimiz

По теме

Станьте участником Telegram-канала и будьте в курсе новостей напрямую!

Наши партнеры