2 nafar oʻquvchining oʻlimiga sababchi boʻlgan avtobus haydovchisi qamaldi

 

Buxoroda YTH oqibatida 2 nafar o‘qivchining o‘limiga sababchi bo‘lgan avtobus haydovchisiga hukm o‘qildi. Tergov natijalariga ko‘ra avtobusni boshqargan hayodovchi yo‘l harakati qoidalarini qo‘pol ravishda buzgani aniqlangan.

 

Joriy yilning 18-mart sanasida Buxoro viloyatining Kogon tumanida oʻquvchilarni olib kelayotgan avtobus hamda yuk avtomobili ishtirokida YTH sodir boʻlgandi.

 

Olib borilgan tergov harakatlarida avtobusni boshqargan haydovchi yoʻl harakati qoidalarini qoʻpol ravishda buzib, halokatga sababchi boʻlgani aniqlangan.

 

U ikkinchi darajali yoʻldan kelayotganiga qaramay chorrahada svetofor ishlamay turgan vaqtda harakatni davom ettirgan va asosiy yoʻldan kelayotgan beton tashuvchi yuk avtomobili bilan toʻqnashgan. Yuk mashinasi bu jarayonda zarb bilan urilgan va har ikki transport vositasi agʻdarilib ketgan. Hodisa oqibatida 2 nafar maktab oʻquvchisi vafot etgan, boshqalari esa turli darajada tan jarohatlari olgan.

 

Oliy sud matbuot xizmatining xabar berishicha, Kogon shahar sudida oʻtkazilgan sud majlisida hodisaning asosiy aybdori boʻlgan haydovchiga hukm oʻqildi. U JKning 266-moddasi 3-qismi “a” bandida nazarda tutilgan jinoyatni sodir etgan deb topildi.

 

Sud hukmiga ko‘ra 33 yoshli ayblanuvchi 3 yil muddatga barcha turdagi transport vositalarini boshqarish huquqidan mahrum etildi hamda unga 9 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi.

Add a Comment

Your email address will not be published.

Mavzuga oid​

Telegram kanalga a’zo bo’lgan holda yangiliklar to'g'ridan-to'g'ri xabardor bo’ling!

Hamkorlarimiz

По теме

Станьте участником Telegram-канала и будьте в курсе новостей напрямую!

Наши партнеры