Samarqand viloyati hududiy Qurilish va uy joy kommunal xo‘jaligi sohasida nazorat qilish inspeksiyasi xodimlari tomonidan o’tkazilgan nazorat tadbirlari davomida Qorasuv massivida “Me‘mor kompleks” MCHJ tomonidan qurilayotgan maktab binosida bir qator qoidabuzarliklar aniqlangan.
Ma’lumotlarga ko’ra, 1800 o’ringa mo’ljallangan ushbu maktab binosi qurilishi davomida bir qator qoidabuzarliklarga yo’l qo’yilgan. Obyekt bo’yicha qurilishi ishlarini tashkil qilish loyihasi ishlab chiqilmaganligi sababli, qurilish hududiga olib kelingan qurilish materiallari tartibsiz holatda saqlangan. Shuningdek, obyektda yuritilishi kerak bo’lgan ijro jurnallari tegishli tartibda yuritilmayotganligi, foydalanilayotgan qurilish materiallarining ishlab chiqarish sertifikatlarining yo’qligi aniqlangan.
“Bundan tashqari binoning ikkinchi qavat devorlariga terilgan g’ishtlarining vertikal va gorizantal oraliq choklari yetarlicha qorishma bilan to’liq to’ldirilmagan. Yuqoridagi kabi qoidabuzarliklar buyurtmachining texnik, loyihachining mualliflik nazorati o’z vaqtida olib borilmaganligi sababli kelib chiqadi”, – dedi inspeksiya mas’ul xodimi.
Xususan, nazorat tadbirlari davomida ayrim sifatsiz ishlar aniqlanib, demontaj qildirilgan.