Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi tomonidan 2024 yilning I yarim yilligidagi korrupsiyaga oid jinoyatchilik tahlil qilindi.
Tahlillarga ko‘ra, mazkur davrda 3837 nafar shaxs korrupsiyaga oid jinoyat sodir etgani uchun sudlar tomonidan jinoiy javobgarlikka tortilgan.
Joriy yilda (2023 yilning birinchi yarim yilligi bilan taqqoslaganda) ayrim soha va yo‘nalishlarda korrupsiyaga oid jinoyatchilik kamaygan.
Xususan, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tizimida 52 (64) xodimlar tomonidan korrupsion jinoyatlar sodir etilgan.
Shuningdek, Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tizimining 285 (237) nafar xodimlari tomonidan sodir etilgan korrupsiyaviy jinoyatlar soni ortgan.