300 ta maktabning moddiy-texnik bazasi talablarga javob bermaydi – Prezident - Ta’lim xabarlari
300 ta maktabning moddiy-texnik bazasi talablarga javob bermaydi – Prezident

Prezident maktablari va ixtisoslashgan maktablarning tajribasini ommalashtirish doirasida 1 mingta umumta’lim muassasasida baholash tizimini joriy etish ishlari boshlandi. Lekin, ularning 300 tasida moddiy-texnik baza talabga mutlaqo javob bermaydi.

 

Eng ko‘p ta’mirtalab maktablar Toshkent shahrida (69 ta), Buxoro viloyatida (56 ta), Xorazmda (38 ta), Andijonda (25 ta) va Namanganda (23 ta) joylashgan. Bundan tashqari, Toshkent shahri Yunusobod va Olmazor tumanlarida (14 tadan), Xonqa (12 ta), Yangibozor (10 ta), Andijon shahri, Oltinko‘l va Toshloq tumanlarida (5 tadan), Navoiy va Guliston shaharlarida (4 tadan), Kogon (8 ta), Romitan (6 ta) va G‘ijduvon (5 ta) tumanlarida ta’mirtalab maktablar mavjud.

 

Prezident Shavkat Mirziyoyev bu muammolarni hal qilish uchun tuman va shahar hokimlariga har hafta maktablardan xabar olish, o‘qituvchilar bilan suhbatlashib, mavjud kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha topshiriqlar berdi.

 

Shuningdek, viloyat, tuman va shahar hokimlariga mazkur 300 ta maktabni ta’mirlash va jihozlash ishlarini olti oy muddatda yakunlash vazifasi topshirildi. Bundan keyin hudud rahbarlari faoliyati baholanishida ta’lim sifati, maktablar sharoiti va o‘qituvchilarning qadr-qimmati asosiy mezonlardan biri bo‘lishi belgilandi.

Add a Comment

Your email address will not be published.

Mavzuga oid​

Telegram kanalga a’zo bo’lgan holda yangiliklar to'g'ridan-to'g'ri xabardor bo’ling!

Hamkorlarimiz

По теме

Станьте участником Telegram-канала и будьте в курсе новостей напрямую!

Наши партнеры