Prezidentning «Fargʻona viloyatidagi oliy taʼlim muassasalari faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi qarori loyihasi e’lon qilindi.
Qarorga ko‘ra, Fargʻona politexnika instituti va Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Fargʻona filiali negizida Fargʻona davlat texnika universiteti tashkil etilishi rejalashtirilmoqda.
Shuningdek, Qoʻqon davlat pedagogika instituti, Toshkent davlat texnika universiteti Qoʻqon filiali hamda Oʻzbekiston davlat sanʼat va madaniyat instituti Fargʻona mintaqaviy filiali negizida Qoʻqon davlat universiteti tashkil etiladi.
Bundan tashqari, Oʻzbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti Fargʻona filiali Fargʻona davlat universiteti tasarrufiga oʻtkaziladi.