Tasviriy san’at va muhandislik grafikasi yo‘nalishi bitiruvchilar quyidagi kasbiy faoliyat sohalari bo‘yicha ishlashlari mumkin:
Umumiy o‘rta ta’lim maktab o‘qituvchisi kasb standartiga muvofiq umumiy o‘rta ta’limda tasviriy san’at va chizmachilik fanlari o‘qituvchisi maqomida pedagogik faoliyat olib borish;
O‘rta maxsus va professional ta’limda tasviriy san’at va chizmachilik fanlari o‘qituvchisi sifatida pedagogik faoliyat olib borish;
O‘zbekiston Respublikasi Badiiy akademiyasi va tarmoq ilmiy-tadqiqot institutlarida hamda mustaqil tadqiqotchi sifatida ilmiy-pedagogik tadqiqot ishlari bilan shug‘ullanish;
Umumiy o‘rta ta’lim maktabi direktori kasb standartiga muvofiq ta’lim muassasasini boshqarish;
Umumiy o‘rta ta’lim maktabi, professional ta’lim muassasalari, oliy ta’lim muassasalarida laborant;
Kabinet mudiri.