Farzandi xususiy bog‘cha va maktablarda o‘qiydigan ota-onalarda soliq imtiyozi mavjudmi? - Ta’lim xabarlari
Farzandi xususiy bog‘cha va maktablarda  o‘qiydigan ota-onalarda soliq imtiyozi mavjudmi?

Prezident qaroriga ko‘ra, soliq to‘lovchining farzandlariga nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari va (yoki) maktablar ko‘rsatadigan ta’limga oid xizmatlar uchun ota-ona (farzandlikka oluvchilar) tomonidan har bir farzand uchun to‘lanadigan oyiga 3 million so‘mgacha bo‘lgan to‘lovlariga yo‘naltiriladigan daromadlariga soliq solinmasligi belgilangan.

 

Buning uchun ota-onalar xususiy bog‘cha yoki maktabga qilgan to‘lovlari haqidagi kvitansiyalarini saqlab qo‘ygan bo‘lishlari kerak bo‘ladi. Yil oxirida ular daromadlar haqida deklaratsiya bilan birga barcha kvitansiyalarni soliq idorasiga taqdim etishadi va ortiqcha to‘langan daromad solig‘i qismini bitta qilib qaytarib olishadi.

Masalan, oyiga 3 mln so‘mdan xususiy maktabga to‘lov qilinayotgan bo‘lsa, yiliga jami 36 mln so‘m bo‘ladi. Yil tugagach, barcha 12 oylik to‘lovlarni tasdiqlovchi qog‘oz yoki elektron kvitansiyalar soliq organiga topshiriladi. Soliq organi esa ushbu summadan 12%lik daromad solig‘ini, ya’ni 4 mln 320 ming so‘mni sizga qaytarib beradi (adashmasam, plastikka tushirish orqali).

 

Agar farzandi uchun xususiy bog‘cha yoki maktabga ishxonasi orqali pul o‘tkazadigan ota-onalar bo‘lsa, unda korxona buxgalteriyasiga daromad solig‘ini ushlab qolish bo‘yicha ariza berishlari kerak bo‘ladi.

 

Biroz avval OTMlarga to’langan kontraktning 12 foiz miqdorini qaytarib olish mumkinligi haqida ham xabar qilgan edik.

Add a Comment

Your email address will not be published.

Mavzuga oid​

Telegram kanalga a’zo bo’lgan holda yangiliklar to'g'ridan-to'g'ri xabardor bo’ling!

Hamkorlarimiz

По теме

Станьте участником Telegram-канала и будьте в курсе новостей напрямую!

Наши партнеры