Ushbu yo‘nalishni bitirganlar quyidagi kasblarni egallashi mumkin.
Faoliyat obyektlari:
–umumiy o‘rta, o‘rta maxsus, professional ta’lim muassasalarida;
Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tizimidagi idoralarda;
–O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi va tarmoq ilmiy-tadqiqot institutlarida;
–ishlab chiqarish korxonalari biologik laboratoriyalarida;
davlat boshqaruv organlari, o‘rta, o‘rta maxsus kasbiy ta’limning davlat va nodavlat muassasalarida.
Bitiruvchilar quyidagi kasbiy faoliyat sohalari bo’yicha ishlashlari mumkin:
–Biologiya fani o‘qituvchisi;
–O‘zbekiston Respublikasi fanlar akademiyasi va tarmoq ilmiy-tadqiqot institutlarida hamda mustaqil tadqiqotchi sifatida ilmiy-pedagogik tadqiqot ishlari bilan shug‘ullanish;
–umumiy o‘rta ta’lim maktabi direktori;
–umumiy o‘rta ta’lim maktabi, professional ta’lim muassasalari, oliy ta’limda laborant;
–kabinet mudiri.