Prezident Shavkat Mirziyoyev 24-sentyabr kuni kasbiy ta’limni rivojlantirishga oid taqdimot bilan tanishdi.
Taqdimotda kasb-hunar maktablari va kollejlar negizida 600 ta yangi texnikum tashkil etish taklif qilindi.
Bunga hozirgi kundagi 333 ta kasb-hunar maktabi, 227 ta texnikum va 112 ta kollejning tabaqalashtirilgani uchun ulardan unumli foydalanilmayotgani sabab bo’lganligi aytilgan.
Bundan tashqari, texnikumlarning akademik mustaqilligi kengaytirililib, o’quv jarayoni kasb murakkabligi va o’quvchining darajasiga qarab tashkil etiladi.
Shuningdek, Angliyaning “BTEC” xalqaro ta’lim dasturini tajriba tariqasida 14 ta texnikumda joriy qilish rejalashtirilgan bo’lib, bitiruvchilar xalqaro darajada tan olinadigan diplomga ega bo’ladilar.