So'nggi yangiliklar - Ta’lim xabarlari

So’nggi yangiliklar

Talaba farzandli bo’lganida OTM tomonidan unga qancha nafaqa puli beriladi?

“Davlat ijtimoiy sug‘urtasi bo‘yicha nafaqalar tayinlash va to‘lash tartibi to‘g‘risida” nizomga asosan quyidagi qoidalar belgilangan:   –  ishlayotgan ayollarga, hamda ishlab chiqarishdan ajralgan holda oliy, oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlim muassasalarida, magistratura, aspirantura, klinik ordinatura, doktoranturada tahsil olayotgan ayollarga bola tugʻilganda
Talaba farzandli bo’lganida OTM tomonidan unga qancha nafaqa puli beriladi?
Talaba farzandli bo’lganida OTM tomonidan unga qancha nafaqa puli beriladi?

Talaba farzandli bo’lganida OTM tomonidan unga qancha nafaqa puli beriladi?

“Davlat ijtimoiy sug‘urtasi bo‘yicha nafaqalar tayinlash va to‘lash tartibi to‘g‘risida” nizomga asosan quyidagi qoidalar belgilangan:   –  ishlayotgan ayollarga, hamda ishlab chiqarishdan ajralgan holda oliy, oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlim muassasalarida, magistratura, aspirantura, klinik ordinatura, doktoranturada tahsil olayotgan ayollarga bola tugʻilganda beriladigan bir martalik nafaqa tegishlicha ish yoki oʻqish joyidan toʻlanadi;   –  talaba OTMga arizani […]

O‘quvchilar orqali soliq to‘lovchilarga eslatma-xat yo‘llagan soliqchilarga hayfsan berildi

O‘quvchilar orqali soliq to‘lovchilarga eslatma-xat yo‘llagan soliqchilarga hayfsan berildi

Qashqadaryo viloyatining Nishon tumanidagi soliq inspeksiyasi xodimlarining 14-maktab o‘quvchilari orqali ota-onalarga soliq eslatmalarini tarqatgani ijtimoiy tarmoqlarda salbiy munosabatlarga sabab bo‘lgani haqida ma’lumot bergan edik. O‘tkazilgan xizmat tekshiruvi natijasida inspeksiya rahbariyati tomonidan maktabda bunday eslatmalarni tarqatish bo‘yicha topshiriq berilmagani aniqlangan. Natijada xodimlarga intizomiy jazo qo‘llanib, inspeksiya boshlig‘ining o‘rinbosariga rasmiy ogohlantirish berildi. Shuningdek, barcha soliq inspeksiyalari rahbarlariga […]

Homilador xodim ishdan bo‘shasa unga dekret puli to‘lanadimi?

Homilador xodim ishdan bo‘shasa unga dekret puli to‘lanadimi?

Mehnat kodeksining 408-moddasiga binoan, homilador ayol bilan mehnat shartnomasi bekor qilinganda xodimda MKning 404-moddasi 1- qismida ko‘rsatilgan (tug‘ruqqacha 70, tug‘ruqdan keyin 56 kun) davr uchun homiladorlik va tug‘ish nafaqasini olish huquqi saqlanib qoladi. Bunda ayol o‘z xohishi bilan ishdan bo‘shashining ahamiyati yo‘q.   Eslatib o‘tamiz homilador ayol 30-haftadan boshlab dekret ta’tiliga chiqishi mumkin. Agar, u […]

Keyingi oʻquv yilidan doktoranturaga qabul tartibi oʻzgarishi mumkin

Keyingi oʻquv yilidan doktoranturaga qabul tartibi oʻzgarishi mumkin

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan “Ilmiy va innovatsion faoliyatni amalga oshiruvchi tashkilotlar faoliyatini muvofiqlashtirish va ularni qoʻllab-quvvatlashning tubdan yangi tizimini joriy etish toʻgʻrisida”gi farmon loyihasi muhokamaga qoʻyildi.   Unga koʻra, 2025-yildan boshlab oliy taʼlimdan keyingi taʼlim institutlariga qabul talabgorlarning ilmiy faoliyat natijalari boʻyicha Oliy taʼlimdan keyingi taʼlimni muvofiqlashtirishning yagona elektron tizimida toʻplangan tegishli […]

Pedagogni kasbiy faoliyati bilan bog‘liq bo‘lmagan ishlarga jalb qilish ta’qiqlanadi. Yana nimalar mumkin emas?

Pedagogni kasbiy faoliyati bilan bog‘liq bo‘lmagan ishlarga jalb qilish ta’qiqlanadi. Yana nimalar mumkin emas?

Qonunchilikka ko‘ra, pedagogik faoliyatni amalga oshirayotgan xodimni quyidagilarga jalb qilish yoki majburlash ta’qiqlanadi:     – pedagogning kasbiy faoliyatiga aralashish, uning faoliyatini asossiz ravishda tekshirish, pedagog tomonidan ta’lim oluvchilarning bilimlarini to‘g‘ri va xolis baholashga ta’sir ko‘rsatish, shuningdek unga o‘z xizmat majburiyatlarini bajarishga to‘sqinlik qilish;     – pedagogni kasbiy faoliyati bilan bog‘liq bo‘lmagan ishlarga, shu […]

Endilikda yigitlar uchun ham foizsiz ta’lim krediti beriladi

Endilikda yigitlar uchun ham foizsiz ta’lim krediti beriladi

Bu haqda Prezident Shavkat Mirziyoyev kambagʻal oilalar bilan ishlash tizimini yangi bosqichga olib chiqish chora-tadbirlari yuzasidan videoselektor yigʻilishida ma’lum qildi.   Prezident har bir kambag‘al oilada, ayniqsa, xotin-qizlar orasidan kamida 1 nafar oliy ma’lumotli bo‘lishi uchun sharoit yaratilishini e’lon qildi. Bunda:   – oliygoh, kollej va texnikum talabalarining o‘zlashtirish ko‘rsatkichi kamida 80 foiz bo‘lsa, ularga […]

O‘qituvchilar o‘quvchiga nisbatan jismoniy kuch ishlatishi yoki kamsitishi mumkinmi?

O‘qituvchilar o‘quvchiga nisbatan jismoniy kuch ishlatishi yoki kamsitishi mumkinmi?

Maktabgacha va maktab ta’limi vazirining 2023-yil 31-avgustdagi 282-sonli buyrug‘i bilan tasdiqlangan «Umumiy o‘rta ta’lim muassasasining takomillashtirilgan namunaviy odob-axloq qoidalari»ga ko‘ra quyida pedagoglarga qo‘yiladigan talablar bilan tanishishingiz mumkin:   O‘quvchilarga nisbatan jismoniy kuch ishlatish yoki ruhiy tazyiq o‘tkazish holatlariga yo‘l qo‘ymaslik;   O‘quvchilarning shaxsiga doir ma’lumotlarni sinfdoshlar oldida muhokama qilmaslik;   O‘quvchini ommaviy izza qilmaslik;   […]

Maktab rahbariyati o‘qituvchining darsini tahlil qilishga kirganda, o‘qituvchi ularni sinfdan chiqarib yuborishi mumkinmi?

Maktab rahbariyati o‘qituvchining darsini tahlil qilishga kirganda, o‘qituvchi ularni sinfdan chiqarib yuborishi mumkinmi?

Ta’lim to‘g‘risidagi qonunda maktab rahbariyatining darsni tahlil qilishiga cheklov o‘rnatilmagan.   Xalq ta’limi vazirligining 07.12.2019 yil 393-sonli buyrug‘i hamda Xalq ta’limi vazirligining 01.07.2021 yil 206-sonli buyrug‘iga asosan direktorning o‘quvchilarning bilimlari sifatini davlat ta’lim standartlariga mos kelishini, tarbiyaviy ishlar samaradorligini ta’minlash va nazorat qilish, o‘quvchilarning fanlarni o‘zlashtirishini yaxshilash va ularga sifatli ta’lim berish maqsadida maktabni uzluksiz […]

“Temurbeklar maktabi”ga ayollar ham qabul qilinadi 

“Temurbeklar maktabi”ga ayollar ham qabul qilinadi 

Prezident qarori bilan ayrim qarorlarga qoʻshimcha va oʻzgartirishlar kiritildi.   Ushbu qarorga koʻra:   –2024/2025 oʻquv yilidan Milliy gvardiya Toshkent “Temurbeklar maktabi” harbiy-akademik litseyiga ayol jinsidagi Oʻzbekiston fuqarolarini qabul qilish imkoniyati yaratiladi;   –Milliy gvardiya Qoʻriqlash bosh boshqarmasi Bolalar psixologiyasi markazi ishchi va xizmatchilarining lavozim maoshlari oshiriladi.   Eslatib o’tamiz, “Temurbeklar maktabi” bitiruvchilariga oliy harbiy […]

Ona tili va adabiyot hamda tarix boʻyicha sertifikati bor oʻqituvchilarga 50 foiz ustama toʻlanishi mumkin

Ona tili va adabiyot hamda tarix boʻyicha sertifikati bor oʻqituvchilarga 50 foiz ustama toʻlanishi mumkin

Prezident qaroriga koʻra, ona tili va adabiyot hamda tarix fanlarini bilish boʻyicha sertifikatlarga qoʻshimcha ragʻbatlantirishni joriy etish borasida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti qarori loyihasi ishlab chiqiladi.   Milliy baholash tizimida ona tili va adabiyot hamda tarix fanlarini bilish boʻyicha tegishli darajadagi sertifikatga ega boʻlgan oʻqituvchilarga 50 foiz miqdorida ustama toʻlash amaliyoti joriy etiladi.

Maktablardagi B2 sertifikatiga ega boʻlmagan oʻqituvchilarga o’quv yili yakunigacha imkoniyat berildi. Yangi ishga kirayotganlar-chi?

Maktablardagi B2 sertifikatiga ega boʻlmagan oʻqituvchilarga o’quv yili yakunigacha imkoniyat berildi. Yangi ishga kirayotganlar-chi?

Maktabgacha va maktab ta’limi vazirining birinchi o‘rinbosari Usmon Sharifxo‘jayev tomonidan imzolangan xatga ko‘ra faoliyat yuritayotgan xorijiy til o‘qituvchilari kamida B2 darajadagi milliy yoki xalqaro sertifikatga ega bo‘lishi talabi 2025/2026-o‘quv yiliga qadar uzaytirilgan edi (mazkur masala yuzasidan Vazirlar Mahkamasining roziligi olingan).   Mazkur holatni inobatga olib, 2024/2025-o‘quv yili oldidan B2 darajadagi sertifikatga ega bo‘lmagan maktablarda amalda […]

Dunyoning nufuzli universitetlari talabasi bo‘lganlarga davlat tomonidan mablag‘lar ajratiladimi?

Dunyoning nufuzli universitetlari talabasi bo‘lganlarga davlat tomonidan mablag‘lar ajratiladimi?

Prezidentning (PQ–300-son, 11.09.2023-y.) qaroriga muvofiq dunyoning eng nufuzli 100 ta oliygohiga grantga o‘qishga qabul qilingan yoshlarga “El-yurt umidi” jamg‘armasi mablag‘lari qo‘shimcha imtihonlarsiz ajratiladi.   Dunyoning eng nufuzli 500 ta oliygohiga grant asosida qabul qilingan yoshlarning transport va turar joy xarajatlari to‘liq qoplab beriladi.   Bu borada 2023-yil dekabr oyiga qadar “El-yurt umidi” jamg‘armasi va Yoshlar […]

Telegram kanalga a’zo bo’lgan holda yangiliklar to'g'ridan-to'g'ri xabardor bo’ling!

Hamkorlarimiz