So'nggi yangiliklar - Ta’lim xabarlari

So’nggi yangiliklar

Fan nomzodi va fan doktori bir vaqtning o‘zida nechta talabgorga rahbar bo‘la oladi?

Fan doktori bir vaqtning o‘zida to‘rttadan ko‘p bo‘lmagan izlanuvchilarga ilmiy rahbar va konsultant bo‘lishi mumkin.   So‘nggi uch yilda izlanuvchilari o‘z vaqtida himoya qilgan ilmiy rahbar va ilmiy konsultantlarga ilmiy yoki ta’lim tashkilotlarining kollegial organi xulosasi asosida oltitadan ko‘p bo‘lmagan
Fan nomzodi va fan doktori bir vaqtning o‘zida nechta talabgorga rahbar bo‘la oladi?
Oliy ta’limdan keyingi ta’lim nima uchun kerak?

Oliy ta’limdan keyingi ta’lim nima uchun kerak?

O‘zbekistonda oliy ta’limdan keyingi ta’lim 2 xil:   1. Dissertatsiya himoya qilish va tegishli fan tarmog‘i bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini berishni nazarda tutuvchi tayanch doktorantura;   2. Dissertatsiya himoya qilish va tegishli fan tarmog‘i bo‘yicha fan doktori (Doctor of Science) ilmiy darajasini berishni nazarda tutuvchi doktorantura tizimlaridan iborat.   Tayanch doktoranturaga magistr darajasiga […]

Davlat xizmatchilarining tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanishi holatlariga chek qo‘yilmoqda – Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi

Davlat xizmatchilarining tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanishi holatlariga chek qo‘yilmoqda – Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi

Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi tomonidan vazirlik va idoralar, davlat muassasalari va tashkilotlar xodimlarining tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanish holatlari yuzasidan o‘rganishlar o‘tkazilgan.   Xususan, Agentlik tomonidan Transport, Maktabgacha va maktab ta’limi hamda Madaniyat vazirliklari va ularning tizim tashkilotlari o‘rganilganda ularda faoliyat yuritayotgan 107 nafar boshqaruv xodimi 116 ta tadbirkorlik subyektida ta’sischilik asosida faoliyat yuritib kelayotganligi aniqlangani […]

O‘qishni ko‘chirish imtihonidan o‘tgan talaba oliygohga qanday hujjatlar taqdim etishi kerak?

O‘qishni ko‘chirish imtihonidan o‘tgan talaba oliygohga qanday hujjatlar taqdim etishi kerak?

O’qishni ko’chirish imtihonlaridan muvaffaqqiyatli o’tganlar talabalarga oliygoh tomonidan aloqa xati beriladi va aynan shu hujjatda qanday hujjatlar olib kelinishi lozimligi ko’rsatilgan bo’ladi, jumladan:   👉 Diplom yoki attest asl nusxasi; 👉 Transkripti yoki reyting daftarchasi asl nusxasi; 👉 Akademik ma’lumotnoma; 👉 1-kursga qabul qilinganlik bo’yicha buyruqdan ko’chirma; 👉 Kursdan-kursga o’tganligi to’g’risida buyruqdan ko’chirma; 👉 Talabalar […]

Xususiy oliygoh talabalari 3-kursdan boshlab qonuniy tarzda ishlashi mumkin

Xususiy oliygoh talabalari 3-kursdan boshlab qonuniy tarzda ishlashi mumkin

Hukumatning “Taʼlim darajasi yuqori bo‘lmagan maktablarga malakali o‘qituvchi-pedagoglarni jalb qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga binoan, pedagogika yo‘nalishlarida kunduzgi kechki, sirtqi bo‘limlarining 3-kursida tahsil olayotgan talabalarga maktablarda dars berish huquqi berilgan.   Ushbu tartib davlat va nodavlat OTM talabalari uchun birdek amal qiladi.   Avvalgi tartibga binoan talabalar 4-kursdan boshlab, maktablarda dars berishlari mumkin edi.

Uy ta’limida dars o‘tuvchi pedagoglarning majburiyatlari qanday?

Uy ta’limida dars o‘tuvchi pedagoglarning majburiyatlari qanday?

Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 12-oktyabrdagi 638-son qaroriga ko‘ra, uy ta’limida dars o‘tuvchi pedagogning majburiyati quyidagicha:   O‘quvchining imkoniyatlari va tibbiy xulosani inobatga olgan holda o‘quv dasturlarining o‘zlashtirilishini ta’minlash;   O‘quvchilarning jismoniy va psixik rivojlanishini ta’minlash, atrof muhit va ijtimoiy hodisalar haqidagi tasavvurlarini kengaytirish;   O‘quvchining ma’naviy-axloqiy sifatlarini yuksaltirish hamda estetik did va his-tuyg‘ularini tarbiyalash;   O‘quvchida […]

eMaktab.uz platformasida baholanmagan dars uchun o‘qituvchiga  haq toʻlanmaydi

eMaktab.uz platformasida baholanmagan dars uchun o‘qituvchiga haq toʻlanmaydi

Oʻquvchilar oʻz vaqtida (9.00-21.00 gacha 1 smenali maktablar uchun, joriy kundan ertasi kuni 13.00 gacha 2 smenali maktablar uchun) baholanmasligi, belgining qoʻyilmasligi oʻqituvchini dars oʻtmaganligini bildiradi va ushbu dars uchun haq toʻlanmaydi.   Sinf rahbari “bir kunlik jurnal” da fanlar ostidagi “PR” ustuniga har kunlik davomat belgilarini quyidagi tartibda qoʻyib boradi:   s — hech […]

1-oktyabrdan boshlab pedagog xodimlar oyligi oshiriladi

1-oktyabrdan boshlab pedagog xodimlar oyligi oshiriladi

Prezidentning farmoniga ko‘ra,  2024-yil 1-oktabrdan boshlab budjet tashkilotlarida ishlovchi tibbiyot xodimlari, shuningdek, maktabgacha, umumta’lim, o‘rta maxsus, professional va maktabdan tashqari ta’lim muassasalari va tashkilotlari, “Muruvvat” internat uylari, bolalar va mehribonlik uylari, bolalar sanatoriyalarida ishlovchi pedagog xodimlarning ish haqi miqdori – 15 foizga oshirilishi belgilangan edi.  Oshirilgan maoshlar boʻyicha hisoblanganda, umumtaʼlim maktabi pedagog va boshqa xodimlari […]

O‘quvchilar orqali soliq to‘lovchilarga eslatma-xat yo‘llagan soliqchilarga hayfsan berildi

O‘quvchilar orqali soliq to‘lovchilarga eslatma-xat yo‘llagan soliqchilarga hayfsan berildi

Qashqadaryo viloyatining Nishon tumanidagi soliq inspeksiyasi xodimlarining 14-maktab o‘quvchilari orqali ota-onalarga soliq eslatmalarini tarqatgani ijtimoiy tarmoqlarda salbiy munosabatlarga sabab bo‘lgani haqida ma’lumot bergan edik. O‘tkazilgan xizmat tekshiruvi natijasida inspeksiya rahbariyati tomonidan maktabda bunday eslatmalarni tarqatish bo‘yicha topshiriq berilmagani aniqlangan. Natijada xodimlarga intizomiy jazo qo‘llanib, inspeksiya boshlig‘ining o‘rinbosariga rasmiy ogohlantirish berildi. Shuningdek, barcha soliq inspeksiyalari rahbarlariga […]

Homilador xodim ishdan bo‘shasa unga dekret puli to‘lanadimi?

Homilador xodim ishdan bo‘shasa unga dekret puli to‘lanadimi?

Mehnat kodeksining 408-moddasiga binoan, homilador ayol bilan mehnat shartnomasi bekor qilinganda xodimda MKning 404-moddasi 1- qismida ko‘rsatilgan (tug‘ruqqacha 70, tug‘ruqdan keyin 56 kun) davr uchun homiladorlik va tug‘ish nafaqasini olish huquqi saqlanib qoladi. Bunda ayol o‘z xohishi bilan ishdan bo‘shashining ahamiyati yo‘q.   Eslatib o‘tamiz homilador ayol 30-haftadan boshlab dekret ta’tiliga chiqishi mumkin. Agar, u […]

Keyingi oʻquv yilidan doktoranturaga qabul tartibi oʻzgarishi mumkin

Keyingi oʻquv yilidan doktoranturaga qabul tartibi oʻzgarishi mumkin

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan “Ilmiy va innovatsion faoliyatni amalga oshiruvchi tashkilotlar faoliyatini muvofiqlashtirish va ularni qoʻllab-quvvatlashning tubdan yangi tizimini joriy etish toʻgʻrisida”gi farmon loyihasi muhokamaga qoʻyildi.   Unga koʻra, 2025-yildan boshlab oliy taʼlimdan keyingi taʼlim institutlariga qabul talabgorlarning ilmiy faoliyat natijalari boʻyicha Oliy taʼlimdan keyingi taʼlimni muvofiqlashtirishning yagona elektron tizimida toʻplangan tegishli […]

Pedagogni kasbiy faoliyati bilan bog‘liq bo‘lmagan ishlarga jalb qilish ta’qiqlanadi. Yana nimalar mumkin emas?

Pedagogni kasbiy faoliyati bilan bog‘liq bo‘lmagan ishlarga jalb qilish ta’qiqlanadi. Yana nimalar mumkin emas?

Qonunchilikka ko‘ra, pedagogik faoliyatni amalga oshirayotgan xodimni quyidagilarga jalb qilish yoki majburlash ta’qiqlanadi:     – pedagogning kasbiy faoliyatiga aralashish, uning faoliyatini asossiz ravishda tekshirish, pedagog tomonidan ta’lim oluvchilarning bilimlarini to‘g‘ri va xolis baholashga ta’sir ko‘rsatish, shuningdek unga o‘z xizmat majburiyatlarini bajarishga to‘sqinlik qilish;     – pedagogni kasbiy faoliyati bilan bog‘liq bo‘lmagan ishlarga, shu […]

Endilikda yigitlar uchun ham foizsiz ta’lim krediti beriladi

Endilikda yigitlar uchun ham foizsiz ta’lim krediti beriladi

Bu haqda Prezident Shavkat Mirziyoyev kambagʻal oilalar bilan ishlash tizimini yangi bosqichga olib chiqish chora-tadbirlari yuzasidan videoselektor yigʻilishida ma’lum qildi.   Prezident har bir kambag‘al oilada, ayniqsa, xotin-qizlar orasidan kamida 1 nafar oliy ma’lumotli bo‘lishi uchun sharoit yaratilishini e’lon qildi. Bunda:   – oliygoh, kollej va texnikum talabalarining o‘zlashtirish ko‘rsatkichi kamida 80 foiz bo‘lsa, ularga […]

Ta’lim-biznes

Telegram kanalga a’zo bo’lgan holda yangiliklar to'g'ridan-to'g'ri xabardor bo’ling!

Hamkorlarimiz