So'nggi yangiliklar - Ta’lim xabarlari

So’nggi yangiliklar

Homilador yoki uch yoshgacha bolasi bo‘lgan xodimlarni ishdan bo‘shatish mumkinmi?

Jinoyat kodeksining 148-moddasiga ko‘ra, ayolni homiladorligi yoki yosh bolani parvarish qilayotganligini bila turib ishdan bo‘shatish bazaviy hisoblash miqdorining yigirma besh baravarigacha miqdorda jarima, yoki uch yilgacha muayyan huquqdan mahrum qilish, yoxud uch yilgacha axloq tuzatish ishlari bilan jazolanadi.
Homilador yoki uch yoshgacha bolasi bo‘lgan xodimlarni ishdan bo‘shatish mumkinmi?
700.000 ta o‘qituvchi-pedagoglardan 6.000 tasi 1000 AQSH dollari miqdorida maosh olmoqda – vazir

700.000 ta o‘qituvchi-pedagoglardan 6.000 tasi 1000 AQSH dollari miqdorida maosh olmoqda – vazir

Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri Hilola Umarova matbuot anjumanida o‘qituvchi-pedagoglarning maoshi qachon 1000 AQSH dollaridan oshishi bilan bog‘liq savolga javob berdi.   “Hamma joyda shu savol beriladi. Umuman, o‘qituvchilarning oyligi oshishi biz uchun ham muhim. Bu bo‘yicha Moliya vazirligi bilan doimiy hamkorlikda ishlayapmiz. Bir narsani aytib o‘tishimiz kerak, bugun 1000 AQSH dollaridan ko‘p oylik oladigan […]

Ta’lim krediti xususiy oliygoh talabalari uchun ham ajratiladimi?

Ta’lim krediti xususiy oliygoh talabalari uchun ham ajratiladimi?

Prezidentning 2022-yildagi 323-sonli qaroriga muvofiq, ta’lim krediti O‘zbekiston Respublikasida faoliyat yuritayotgan barcha xususiy, xorijiy va davlat oliy va professional ta’lim tashkilotlarida kunduzgi ta’lim shaklida tahsil olayotgan talabalarga imtiyozli tarzda ajratiladi.   Bundan tashqari, PF-87-sonli farmonga binoan, xotin-qizlar uchun 0%, yigitlarga markaziy bankning asosiy (13,5%) stavkasiga ko‘ra ta’lim krediti ajratiladi.  

Sirtqi ta’lim shaklidagilar o‘qishga qachon boradi?

Sirtqi ta’lim shaklidagilar o‘qishga qachon boradi?

Sirtqi ta’lim shakliga qabul qilinganlar ham sentyabrdan o‘qishga borishlari kerak.   Chunki, ularning o‘qishga qabul qilinganligi to‘g‘rida buyruq chiqishi uchun ularning ayrim hujjatlari talab etiladi.   Jumladan quyidagilar:   – Umumiy o‘rta ta’limni tamomlaganligi to‘g‘risidagi hujjat asl nusxasi (kollej, litsey diplomi yoki maktab attestati)   – O‘qishga qabul qilinganliklari to‘g‘risidagi qayd varaqa.   – 3×4 […]

Ichki “perevod” natijalari e’lon qilinmoqda

Ichki “perevod” natijalari e’lon qilinmoqda

O‘zbekistondagi davlat oliygohlarining biridan ikkinchisiga o‘qishini 2 ta uzrli sabablarga ko‘ra ko‘chirayotgan talabgorlarga tegishli Vazirlik (idora) tomonidan natijalar e’lon qilinmoqda.   Shaxsiy kabinetda arizangiz statusi “Natijalar eʼlon qilinishi kutilmoqda” deyilsa, 1-2 kundan soʻng sizning arizangiz “Tavsiya etildi” yoki “Tavsiya etilmadi” statusiga oʻzgaradi!   Eslatib o‘tamiz, tavsiya etilgan talabgorlar o‘qishini ko‘chirgan OTMga borib olishi shart emas. […]

“Maktablar hududi noqonuniy sotib yuborilgan”– vazir

“Maktablar hududi noqonuniy sotib yuborilgan”– vazir

Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri Hilola Umarova matbuot anjumanida 2019-2022 yillarda maktab va maktabdan tashqari 279 ta tashkilot hududi 470 ta holatda noqonuniy sotib yuborilganligini ma’lum qildi.   “Bugungi kunda, 256 ta holat boʻyicha Fuqarolik va maʼmuriy sudlarga davo arizalari kiritilib, 189 ta sud qarorlari tizim foydasiga qanoatlantirildi. 58 ta obyekt maktablar balansiga toʻliq qaytarilgan. […]

Chet tili imtihonlarini o‘tkazish sanalariga o‘zgartirish kiritildi

Chet tili imtihonlarini o‘tkazish sanalariga o‘zgartirish kiritildi

Joriy yil 27–29-sentyabr kunlari Bilimni baholash agentligi tomonidan ingliz va arab tillaridan milliy sertifikat imtihonlarini o‘tkazish rejalashtirilgan edi.   Oliy ta’limdan keyingi ta’lim (tayanch doktorantura va doktorantura)ga hujjatlarni qabul qilish 15-oktabrda yakunlanishi va talabgorlarning murojaatlaridan kelib chiqqan holda milliy sertifikat imtihonlari 21–22-sentabr kunlariga ko‘chirildi   Talabgorlar my.gov.uz sayti orqali ro‘yxatdan o‘tishlari mumkin.   Ro‘yxatdan o‘tish […]

Chet tili yo‘nalishidagi grant o‘rinlarining barchasini sertifikati bor abituriyentlar band qilgan

Chet tili yo‘nalishidagi grant o‘rinlarining barchasini sertifikati bor abituriyentlar band qilgan

Joriy 2024-2025-o‘quv yili qabulida chet tili yo‘nalishlariga kunduzgi ta’lim shakli bo‘yicha talabalikka tavsiya etilganlarning asosiy qismini xorijiy tildan sertifikatga ega abituriyentlar tashkil etadi. Jumladan, davlat grantiga yuz foiz (nemis va fransuz tilini istisno qilganda) chet tillaridan sertifikatga ega abituriyentlar tavsiya etilgan.   Eslatib o‘tamiz, Prezidentining tegishli qaroriga muvofiq 2025-2026-o‘quv yili qabulidan boshlab fanlar majmuasida chet […]

Magistraturada ham super-kontrakt orqali o‘qish mumkinmi?

Magistraturada ham super-kontrakt orqali o‘qish mumkinmi?

Avvalgi yillarda magistratura uchun faqatgina til sertifikati bo‘lgan talabalar hujjat topshira olgani sababli, talabalar soni nisbatan kamchilikni tashkil etardi. Buning natijasida, kvotalar to‘lmay qolishi holatlari ham kuzatilar edi.   Lekin bu yildan til sertifikati bo‘yicha bir qator imkoniyatlar berilgani sababli, magistraturaga hujjat topshirganlar soni ortib ketdi, natijada kvotalar to‘lib, magistraturaga kira olmaganlar soni ham ortdi. […]

Super kontrakt uchun arizalar qabuli boshlandi

Super kontrakt uchun arizalar qabuli boshlandi

Kirish imtihonlarida qatnashib yetarli ball to’play olmagan abituriyentlar uchun super-kontrakt asosida o’qish uchun arizalar qabuli boshlandi.   Abituriyentlar kontrakt.edu.uz sayti orqali onlayn ariza topshirishlari mumkin. Saytda qaysi ta’lim yo’nalishiga necha ball yetmay qolgani hamda qancha super kontrakt asosida o’qish imkoni borligi haqida ma’lumotlar ko’rsatilgan.   Shuningdek, minimal balldan past natijaga ega abituriyentlar ham super kontrakt […]

Minimal 56,7 balldan ham kam to‘plab “super” qildirsa bo‘ladimi?

Minimal 56,7 balldan ham kam to‘plab “super” qildirsa bo‘ladimi?

Agar abituriyent minimal ballni ham to‘play olmagan bo‘lsa, unda unga o‘z yo‘nalishi bo‘yicha belgilangan eng yuqori kontrakt miqdorining 2 baravarini to‘lab talaba bo‘lish huquqi beriladi.   Masalan, 2022-yilda yurisprudensiya yo‘nalishiga super-kontrakt miqdori 220,7 mln so‘m etib belgilangan bo‘lsa, minimal balldan kam to‘plaganlar ushbu summaning ikki baravarini to‘lab o‘qish imkonidan foydalanishi mumkin.   Eslatib o‘tamiz, oldinroq […]

Super-kontarkt to‘lovida 4 ballgacha bo‘lganlarga chegirma berilmaydi

Super-kontarkt to‘lovida 4 ballgacha bo‘lganlarga chegirma berilmaydi

Joriy yilda tabaqalashtirilgan (super) to‘lov-kontrakt qiymatini 2024-yil 15-oktabriga qadar to‘liq to‘lagan abituriyentlar uchun 10 foiz miqdorida chegirma berilmoqda. Bu chegirmani oddiy (bazaviy) kontrakt uchun taalluqli emas.   Ammo bu chegirma, 56,7 balldan ko‘p to‘plagan, lekin kirish baliga 4,05 ball yetmay qolib, o‘qishdan yiqilgan abituriyentlarga amal qiladi. 4 ballgacha bo‘lgan shkaladagilar uchun esa chegirma qo‘llanmaydi.   […]

Ta’lim-biznes

Telegram kanalga a’zo bo’lgan holda yangiliklar to'g'ridan-to'g'ri xabardor bo’ling!

Hamkorlarimiz