Dekabr oyida o‘tkaziladigan chet tili bo‘yicha sertifikat imtihonlarida ishtirok etish uchun ro‘yxatdan o‘tish boshlandi. Talabgorlar jadval bo‘yicha 27-noyabrga qadar onlayn ro‘yxatdan o‘tishi mumkin.
2026-yilning ikkinchi yarmida o‘tkaziladigan chet tili bo‘yicha sertifikat imtihonlarining navbatdagisi 12–14-dekabr kunlari bo‘lib o‘tadi.
Bugun, 13-noyabr sanasidan mazkur dekabr oyida bo’lib o’tadigan chet tili sertifikat imtihonlari uchun ro’yxatdan o’tish boshlandi. Agentlik tomonidan e’lon qilingan jadvalga ko‘ra, ro‘yxatdan o‘tish 27-noyabrga qadar, to‘lovni amalga oshirish muddati esa 28-noyabr kuni yakunlanadi.
Test sinovlarida qatnashish uchun talabgorlar my.gov.uz portali orqali onlayn ro‘yxatdan o‘tishi mumkin.
