Fransiyada ish haqini oshirish va yashash xarajatlarining ko‘tarilishiga qarshi umummilliy ish tashlash boshlangan. Mazkur norozilik namoyishlariga talabalar va maktab o‘quvchilari ham qo‘shildi.
2026-yil 5-noyabr kuni Fransiyada kasaba uyushmalari chaqirig‘i bilan minglab odamlar norozilik namoyishlariga chiqdi. Ular ish haqini oshirish va aholining xarid qobiliyatini yaxshilashni talab qilmoqda.
Le Parisien nashrining xabar berishicha, umummilliy ish tashlash sababli Eyfel minorasi tashrif buyuruvchilar uchun yopilgan. Shuningdek, Luvr muzeyining ayrim zallariga kirish vaqtincha cheklangan.
Talabalar va maktab o‘quvchilari ham namoyish ishtirokchilarining talablarini qo‘llab-quvvatlab, ta’lim muassasalari oldida namoyishlar o‘tkazmoqda.
Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan xabarlarga ko‘ra, bir nechta shaharda namoyishchilar politsiya bilan to‘qnashgan. Huquq-tartibot organlari ko‘zdan yosh oqizuvchi gaz qo‘llagan.
Eslatib o‘tamiz, joriy yil 19-oktyabr kuni Fransiyada namoyishchilar Luvr va Eyfel minorasini vayron qilish bilan tahdid qilgani hamda namoyishchilar Luvr muzeyi oldida kirish joyini bloklab qoְ‘ygani haqida xabar berilgandi.
