Kuzgi attestatsiyada ishtirok etadigan pedagoglar roʻyxati e’lon qilinmoqda

Kuzgi attestatsiyada ishtirok etadigan pedagoglar roʻyxati e’lon qilinmoqda

Kuzgi attestatsiya sinovlarida ishtirok etadigan pedagoglarning roʻyxatini eʼlon qilish boshlandi.

 

2026-yilning avgust-dekabr oylarida boʻlib oʻtadigan pedagoglar attestatsiyasi 26-oktyabrdan 28-noyabrga qadar davom etadi. Shuningdek, ushbu malaka sinovlarida ishtirok etadigan pedagoglar roʻyxati ham eʼlon qilinmoqda.

 

Kuzgi attestatsiya sinovlarida pedagoglar ikki bosqichda test sinovlarini topshiradi. Pedagoglarga ikkala bosqichda umumiy 100 ball beriladi.

 

Pedagog kadrlar attestatsiyasining birinchi va ikkinchi bosqichlari uchun mutaxassislik fani, kasbiy standartlar hamda pedagogik mahoratni baholash boʻyicha tavsiyalar (spetsifikatsiyalar) va adabiyotlar roʻyxati tasdiqlangani haqida xabar berilgan edi.

 

Spetsifikatsiyalarga koʻra, maktabgacha, umumiy oʻrta va maktabdan tashqari taʼlim tashkilotlari pedagoglari uchun birinchi bosqichda mutaxassislik fani va kasb standarti boʻyicha 40 ta (35 ta fandan + 5 ta kasbiy standartdan) test topshirigʻi va ikkinchi bosqichda esa pedagogik mahoratni aniqlash boʻyicha 10 ta test topshirigʻi beriladi.

 

26-avgust kuni attestatsiyada ishtirok etadigan pedagoglar roʻyxati:

 

Qoraqalpogʻiston Respublikasi – Faylni yuklash

 

Andijon viloyati – Faylni yuklash

 

Buxoro viloyati – Faylni yuklash

 

Jizzax viloyati – Faylni yuklash

 

Qashqadaryo viloyati – Faylni yuklash

 

Navoiy viloyati – Faylni yuklash

 

Namangan viloyati – Faylni yuklash

 

Samarqand viloyati – Faylni yuklash

 

Sirdaryo viloyati – Faylni yuklash

 

Surxondaryo viloyati – Faylni yuklash

 

Toshkent viloyati – Faylni yuklash

 

Fargʻona viloyati – Faylni yuklash

 

Xorazm viloyati – Faylni yuklash

 

Toshkent shahri – Faylni yuklash

 

Muhim! Hozircha faqat 26-oktyabr kuni oʻtkaziladigan attestatsiya sinovlarida ishtirok etadigan Qoraqalpogʻiston Respublikasi pedagoglarining roʻyxati eʼlon qilindi. Qolgan hududlardagi roʻyxatlar eʼlon qilinishi bilan maʼlumotlar yangilab boriladi.