Kuzgi attestatsiya sinovlari oʻtkaziladigan joy manzillari belgilandi

Kuzgi attestatsiya sinovlari oʻtkaziladigan joy manzillari belgilandi

2026-yilning avgust-dekabr oylarida maktabgacha, umumiy oʻrta va maktabdan tashqari taʼlim muassasalari pedagoglari uchun malaka (test) sinovlari oʻtkaziladigan joy manzillari maʼlum boʻldi.

 

Ushbu manzillar roʻyxati bilan quyida tanishishingiz mumkin.

 

Hudud nomi Manzil
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Pedagogik mahorat markazi (Nukus shahri, Ye. Alako‘z ko‘chasi, 54-uy)
Andijon viloyati Pedagogik mahorat markazi (Andijon shahri, Istiqlol ko‘chasi, 8-uy)
Buxoro viloyati Buxoro shahridagi 44-sonli maktab (Buxoro shahri, Bog‘ishamol ko‘chasi, 5-uy)
Farg‘ona viloyati Farg‘ona shahridagi 28-maktab (Farg‘ona shahri, Istiqlol MFY, A. Qodiriy ko‘chasi, 13A-uy)
Navoiy viloyati Navoiy shahri “Kelajak markazi” (Navoiy shahri, Aloqa ko‘chasi, 6-uy)
Xorazm viloyati Urganch shahridagi 17-sonli maktab (Urganch shahri, 4-Yuqori bog‘ mahallasi, Maxtumquli ko‘chasi, 229-A-uy)
Toshkent viloyati Pedagogik mahorat va xalqaro baholash ilmiy-amaliy markazi (Toshkent shahri, Beruniy ko‘chasi, 83-A-uy)
Namangan viloyati Namangan shahridagi 15-sonli maktab (Namangan shahri, G‘ishtko‘prik MFY, Uychi ko‘chasi, 329-A-uy)
Sirdaryo viloyati Pedagogik mahorat markazi (Guliston shahri, Ma’naviyat MFY, Ezgulik ko‘chasi, 5A-uy)
Samarqand viloyati Pedagogik mahorat markazi (Samarqand shahri, Hasan Obiddinov ko‘chasi, 7-uy)
Qashqadaryo viloyati Pedagogik mahorat markazi (Qarshi shahri, Olimlar ko‘chasi, 2-uy)
Surxondaryo viloyati Termiz shahridagi 14-sonli maktab (Termiz shahri, A. Jomiy MFY, So‘fi Olloyor ko‘chasi, 4/54-uy)
Jizzax viloyati Jizzax shahridagi 31-maktab (Jizzax shahri, Ravalliq MFY, Hamid Olimjon ko‘chasi, 147-uy)
Toshkent shahri Pedagogik mahorat va xalqaro baholash ilmiy-amaliy markazi (Toshkent shahri, Beruniy ko‘chasi, 83-A-uy)

 

Eslatib o‘tamiz, joriy yilgi avgust–dekabr oylarida o‘tkaziladigan malaka sinovlari spetsifikatsiyasi tasdiqlangan. Pedagoglar o‘z mutaxassisligi bo‘yicha malaka sinovlarida foydalaniladigan topshiriqlar spetsifikatsiyasi bilan quyidagi havola orqali tanishishlari mumkin.

 

Avvalroq, attestatsiyada pedagoglarga test savollarini yechish uchun umumiy qancha vaqt berilishi haqida xabar bergan edik.