Ertaga 4 ta fandan milliy sertifikat imtihoni uchun roʻyxatdan oʻtish boshlanadi

Ertaga 4 ta fandan milliy sertifikat imtihoni uchun roʻyxatdan oʻtish boshlanadi

16-oktyabrdan 30-oktyabrga qadar matematika, fizika, kimyo va biologiya fanlaridan milliy sertifikat imtihonida qatnashish uchun ariza berish boshlanadi. Milliy sertifikat imtihonlarida qatnashish uchun talabgorlar soniga limit belgilangan.

 

Bilim va malakalarni baholash agentligi taqdim etgan jadvalga koʻra, 4: kimyo, biologiya, fizika va matematika fanlaridan noyabr oyida boʻlib oʻtadigan milliy sertifikat imtihonida qatnashish uchun arizalar qabuli 16-oktyabrdan 30-oktyabrgacha davom etadi.

 

Toʻlov qilishning oxirgi muddati esa 31-oktyabrgacha (shu kuni ham) etib belgilangan. Vaqtida toʻlovni amalga oshirmagan talabgorlarning arizasi bekor qilinadi. Bekor qilingan arizalar hisobiga boʻsh qolgan oʻrinlar uchun yana ariza berish boshlanadi.

 

Maʼlumot uchun, geografiya, ona tili va adabiyot va tarix fanlaridan oktyabr oyida oʻtkaziladigan imtihonlar uchun arizalar 18-sentyabrdan 2-oktyabrga qadar etib belgilangan edi. Limit belgilangani hisobiga joylar 18-sentyabr kunning oʻzidayoq toʻlib qolgan va ariza berish yopilgan edi.

 

4-oktyabr kuni toʻlov qilinmagan arizalar bekor qilinib, boʻsh qolgan oʻrinlar uchun ariza berish qayta ochildi.