O‘qituvchilarga “Pedagog” platformasidagi arizalar holatini tekshirib borish tavsiya etiladi

O‘qituvchilarga “Pedagog” platformasidagi arizalar holatini tekshirib borish tavsiya etiladi

“Pedagog” platformasida yuborilgan arizalarda kamchilik aniqlansa, ular “Qayta tahrirlash” holatiga o‘tkazilishi mumkin. Shu sababli pedagoglarga murojaatlari holatini muntazam tekshirib, zarur hollarda arizalarini tahrirlab, qayta yuborish tavsiya etiladi.

 

Xabaringiz bor, 2026-yilning avgust–dekabr oylarida o‘tkaziladigan pedagog kadrlar attestatsiyasi uchun murojaat yuborish jarayoni 1-avgustdan 1-oktyabrga qadar davom etdi.

 

“Pedagog” platformasiga yuborilgan murojaatlar operatorlar tomonidan ko‘rib chiqiladi. Agar arizada kamchiliklar yoki aniqlashtirish talab qilinadigan ma’lumotlar bo‘lsa, u “Qayta tahrirlash” holatiga yuborilishi mumkin.

 

Bunday vaziyatda pedagog arizasining holati o‘zgarganini sezmay qolishi ehtimoli bor. Shu bois platformadagi murojaatlarni muntazam kuzatib borish muhim.

 

Ariza holatini tekshirish uchun platformadagi “Murojaatlarim” bo‘limiga kirish kerak. Agar ariza “Qayta tahrirlash” holatida bo‘lsa, uning “Batafsil” bo‘limi orqali operator qoldirgan izohlar va aniqlangan kamchiliklar bilan tanishish mumkin.

 

Shundan so‘ng ko‘rsatilgan kamchiliklarni bartaraf etib, arizani qayta tahrirlash va yuborish lozim.

 

“Qayta tahrirlash” holati ariza rad etilganini anglatmaydi. Operator izohida ko‘rsatilgan kamchiliklarni tuzatib, murojaatni qayta yuborish mumkin.

 

Shu sababli pedagoglarga “Murojaatlarim” bo‘limini muntazam tekshirib turish tavsiya etiladi.

 

O‘qituvchilarga “Pedagog” platformasidagi arizalar holatini tekshirib borish tavsiya etiladi

 

Eslatib o‘tamiz, avvalroq texnikum ustalari uchun attestatsiya bekor qilinib, kasbiy sertifikatlash tizimi joriy etilganligi haqida xabar bergan edik.