O‘qituvchilarga “Pedagog” platformasidagi arizalar holatini tekshirib borish tavsiya etiladi

O‘qituvchilarga “Pedagog” platformasidagi arizalar holatini tekshirib borish tavsiya etiladi

“Pedagog” platformasida yuborilgan arizalarda kamchilik aniqlansa, ular “Qayta tahrirlash” holatiga o‘tkazilishi mumkin.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠⁠ Shu sababli pedagoglarga murojaatlari holatini muntazam tekshirib, zarur hollarda arizalarini tahrirlab, qayta yuborish tavsiya etiladi.

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠⁠

Xabaringiz bor, 2026-yilning avgust–dekabr oylarida o‘tkaziladigan pedagog kadrlar attestatsiyasi uchun murojaat yuborish jarayoni 1-avgustdan 1-oktyabrga qadar davom etdi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠⁠

“Pedagog” platformasiga yuborilgan murojaatlar operatorlar tomonidan ko‘rib chiqiladi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠⁠ Agar arizada kamchiliklar yoki aniqlashtirish talab qilinadigan ma’lumotlar bo‘lsa, u “Qayta tahrirlash” holatiga yuborilishi mumkin.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠⁠

Bunday vaziyatda pedagog arizasining holati o‘zgarganini sezmay qolishi ehtimoli bor.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠⁠ Shu bois platformadagi murojaatlarni muntazam kuzatib borish muhim.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠⁠

Ariza holatini tekshirish uchun platformadagi “Murojaatlarim” bo‘limiga kirish kerak.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠⁠ Agar ariza “Qayta tahrirlash” holatida bo‘lsa, uning “Batafsil” bo‘limi orqali operator qoldirgan izohlar va aniqlangan kamchiliklar bilan tanishish mumkin.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠⁠

Shundan so‘ng ko‘rsatilgan kamchiliklarni bartaraf etib, arizani qayta tahrirlash va yuborish lozim.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠⁠

“Qayta tahrirlash” holati ariza rad etilganini anglatmaydi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠⁠ Operator izohida ko‘rsatilgan kamchiliklarni tuzatib, murojaatni qayta yuborish mumkin.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠⁠

Shu sababli pedagoglarga “Murojaatlarim” bo‘limini muntazam tekshirib turish tavsiya etiladi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠⁠

O‘qituvchilarga “Pedagog” platformasidagi arizalar holatini tekshirib borish tavsiya etiladi⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠⁠

Eslatib o‘tamiz, avvalroq texnikum ustalari uchun attestatsiya bekor qilinib, kasbiy sertifikatlash tizimi joriy etilganligi haqida xabar bergan edik.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠⁠