Toshkentdagi 58-sonli bog‘cha binosidan xususiy maktab sifatida foydalaniladi — Toshkent shahar MMTB

Toshkentdagi 58-sonli bog‘cha binosidan xususiy maktab sifatida foydalaniladi — Toshkent shahar MMTB

Toshkent shahar maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi ijtimoiy tarmoqlarda davlat ta’lim tashkilotlari obyektlari xususiylashtirilayotgani yuzasidan tarqalgan xabarlarga rasmiy munosabat berdi.

 

Ijtimoiy tarmoqlarda davlat maktablari hamda maktabgacha ta’lim tashkilotlariga tegishli obyektlar xususiylashtirilayotgani yuzasidan xabarlar tarqaldi. Holat bo‘yicha Toshkent shahar maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi rasmiy munosabat bildirdi.

 

Ma’lum qilinishicha, Prezidentning tegishli Farmoniga muvofiq Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tizimiga tegishli ayrim ko‘chmas mulk obyektlarini nodavlat ta’lim muassasasi tashkil etish va faoliyat turini saqlash sharti bilan xususiylashtirish belgilangan.

 

Jumladan, Yakkasaroy tumanidagi 58-sonli maktabgacha taʼlim tashkiloti ham belgilangan tartibda ommaviy savdoga chiqarilishi nazarda tutilgan. Bunda taʼlim sohasidagi faoliyat turini saqlash sharti mavjud. Shuningdek, 357-sonli maktabgacha taʼlim tashkiloti oʻrnida 720 oʻrinli yangi bino qurilishi, yangi muassasa foydalanishga topshirilganidan soʻng esa 58-sonli tashkilot oʻrnidan xususiy maktab sifatida foydalanish belgilangan.

 

Avvalroq, Qashqadaryodagi to‘rtta “Erkatoy” bog‘chasi sotuvga chiqarilgani haqida xabar berilgandi.