Oxirgi 100 yil ichida talaba qiyofasi qanday o‘zgardi? — turli mamlakatlar misolida

Oxirgi 100 yil ichida talaba qiyofasi qanday o‘zgardi? — turli mamlakatlar misolida

XX asr boshlarida universitet talabasining kundalik kiyimi bugungidan ancha rasmiy bo‘lgan. Vaqt o‘tishi bilan kostyum va galstuklar o‘rnini kundalik va qulay kiyimlar egalladi, biroq ayrim mamlakatlarda milliy liboslar va universitet an’analari hamon saqlanib qolgan. Turli mamlakatlar misolida talabalar qiyofasidagi bu o‘zgarishlarni ko‘rib chiqamiz.

 

Buyuk Britaniya

 

XX asr boshlarida Buyuk Britaniyadagi universitet talabasining kundalik qiyofasi bugungidan ancha rasmiy bo‘lgan. Oxford va Cambridge kabi qadimiy universitetlarda kostyum, galstuk, pidjak va akademik kiyim (mantiya) lar universitet hayotining muhim qismi hisoblangan.

 

Buni Oxford universitetining Keble College arxivida saqlanayotgan bir talabaning 1908–1912-yillardagi xarajatlari ham ko‘rsatadi. Alwyn Ronald Macfarlane-Grieve ismli talabaning xarajatlari orasida ko‘ylak, yoqa, galstuk, pidjak va boshqa kiyimlar qayd etilgan.

 

Oxirgi 100 yil ichida talaba qiyofasi qanday o‘zgardi? — turli mamlakatlar misolida
1910-yillar boshidagi Oxford talabasi va uning kiyim-kechak xarajatlari qayd etilgan kvitansiya.

 

Bugungi oxfordda esa kundalik kiyinish uchun yagona forma mavjud emas. Biroq Oxford universitetida rasmiy marosimlarda akademik kiyim kiyish odati hanuzgacha saqlanib qolgan.

 

Oxirgi 100 yil ichida talaba qiyofasi qanday o‘zgardi? — turli mamlakatlar misolida
Oxford universitetining akademik kiyimi

 

AQSH

 

AQSH universitetlarida ham XX asr boshlarida talabalar kiyimi ancha rasmiy bo‘lgan. Masalan, Harvard universitetning tarixiy materiallarida XVII–XVIII asrlarda talabalar kiyimi bo‘yicha turli cheklovlar mavjud bo‘lgani qayd etilgan. Haddan tashqari bezakli kiyimlar, oltin va kumush bezaklardan foydalanish cheklangan, talabalarning soch turmagi ham e’tibor qaratilgan.

 

Oxirgi 100 yil ichida talaba qiyofasi qanday o‘zgardi? — turli mamlakatlar misolida
XVII–XVIII asrlardagi Harvard talabalari kiyinish madaniyatiga oid tarixiy buyumlar va tarixiy shaxs misolida Adam Winne portreti.

 

Keyinchalik universitet kampuslarida kiyinish uslubi asta-sekin erkinlasha boshlagan. Bunga Princeton universiteti tarixidan qiziqarli misol keltirish mumkin. 1920-yil 21-aprelda bir guruh talabalar kampusda jinsi kiyim kiyib ko‘ringan. Universitet arxivida bu voqea qayd etilgan.

 

O‘sha paytda jinsi kiyim hali odatiy talaba kiyimiga aylanmagan edi. Ammo keyingi o‘n yilliklarda jensi, futbolka, sport poyabzali va boshqa kundalik kiyimlarning ommalashishi universitet muhitidagi kiyinish madaniyatini ham o‘zgartirgan.

 

Bugungi Harvard kampusida esa yagona kiyinish uslubi mavjud emas. Universitetning o‘z talabalari yozgan materiallarda turli uslublar, jumladan kundalik, sport va klassik kiyimlar uchrashi qayd etilgan.

 

Oxirgi 100 yil ichida talaba qiyofasi qanday o‘zgardi? — turli mamlakatlar misolida
Harvard talabalari

 

Hindiston

 

Hindistonda talabalar kiyimining o‘zgarishini mamlakatning milliy kiyim an’analaridan alohida tasavvur qilish qiyin.

 

Oxirgi 100 yil ichida talaba qiyofasi qanday o‘zgardi? — turli mamlakatlar misolida
Manba: Old Indian photos. Hindistonlik talabalar.

 

XX asr boshlarida Hindistonda sari, kurta va boshqa an’anaviy kiyimlar keng qo‘llangan. Shu bilan birga, mustamlaka davrida esa Yevropa uslubidagi kiyimlar ham ta’lim olgan yoshlar orasida uchray bo‘lgan.

 

Vaqt o‘tishi bilan universitet muhitida milliy kiyim va zamonaviy kiyinish uslublari yonma-yon mavjud bo‘la boshlagan. Bugun Hindiston universitetlarida ham sari, kurta kabi milliy liboslarni zamonaviy kiyimlar bilan birga uchratish mumkin.

 

Shu jihatdan Hindistonda milliy kiyim an’anasi zamonaviy universitet muhitida ham o‘z o‘rnini saqlab qolganini ko‘rish mumkin.

 

Oxirgi 100 yil ichida talaba qiyofasi qanday o‘zgardi? — turli mamlakatlar misolida

 

Xitoy

 

Xitoyda XX asr davomida talabalar kiyimi mamlakatdagi katta ijtimoiy va madaniy o‘zgarishlar bilan birga o‘zgargan.

 

O‘sha davrlarda Zhongshan yoki Mao kostyumi Xitoyda erkaklar kiyimining keng tarqalgan va ushbu davrni ifodalovchi shakllaridan biri bo‘lgan.  Keyingi davrlarda esa Xitoyda G‘arb uslubidagi kiyimlar tobora keng tarqaldi.

 

Oxirgi 100 yil ichida talaba qiyofasi qanday o‘zgardi? — turli mamlakatlar misolida
Manba: Shanghai Jiaotong University

 

Shu sababli XX asrning turli davrlaridagi xitoylik talabalar suratlarini bugungi talabalar qiyofasi bilan taqqoslaganda, kiyinishdagi o‘zgarish yaqqol ko‘rinadi. Bugungi kampuslarda jinsi, futbolka, sport poyabzali va boshqa kundalik kiyimlar keng uchraydi.

 

Janubiy Koreya

 

Janubiy Koreyada talabalar qiyofasining o‘zgarishini ko‘rsatish uchun Ewha Womans University tarixiga murojaat qilish mumkin.

 

Universitet arxivida XX asr boshlariga oid talabalar va bitiruvchilarning tarixiy suratlari saqlangan. Jumladan, 1908-yildagi bitiruv marosimiga oid materiallarda oq hanbok kiygan qizlar aks etgan.

 

Oxirgi 100 yil ichida talaba qiyofasi qanday o‘zgardi? — turli mamlakatlar misolida
Ewha Womans Universityning 1908-yildagi ilk bitiruvchilari oq hanbokda.

 

Bugungi Janubiy Koreya universitetlarida esa talabalar kundalik kiyimlarda yuradi. Zamonaviy kiyimlar bilan bir qatorda hanbok ham milliy va tantanali tadbirlarda o‘z ahamiyatini saqlab qolgan.

 

 

Oxirgi 100 yil ichida talaba qiyofasi qanday o‘zgardi? — turli mamlakatlar misolida
Janubiy Koreya talabalari.

 

Bir asr davomida universitet talabasining qiyofasi sezilarli darajada o‘zgargan. Avval kiyim ko‘pincha ijtimoiy mavqe, universitet an’anasi yoki milliy madaniyatni ko‘proq aks ettirgan bo‘lsa, bugungi kampuslarda qulaylik va shaxsiy uslub muhimroq o‘rin egallaydi.

 

Jinsi, futbolka, huddi, krossovka va sport kiyimlarining dunyo bo‘ylab ommalashishi turli mamlakatlardagi talabalar qiyofasini bir-biriga yaqinlashtirdi. Shu bilan birga, milliy kiyimlar yo‘qolib ketgani yo‘q. Hindistonda sari va kurta, Koreyada hanbok kabi kiyimlar madaniy tadbirlar, bayramlar va tantanali marosimlarda saqlanib qolmoqda.

 

Shunday qilib, bugungi talaba qiyofasida dunyo bo‘ylab ommalashgan zamonaviy kundalik kiyimlar va har bir xalqning o‘ziga xos kiyinish an’analari yonma-yon ko‘rinadi.