Davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarida bola ta’minoti uchun ota-onalar badal to‘lovini endilikda bolaning JShShIR raqami orqali mobil ilovalar hamda bank kassalari orqali amalga oshirish mumkin. To‘lov jarayonida bolaning shaxsiy ma’lumotlari, bog‘cha va guruh nomi hamda to‘lov summasi haqida ma’lumot olish imkoniyati yaratilgan.
Davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlarida bola taʼminoti uchun ota-onalar badal toʻlovini farzandingizning JSHSHIR raqami orqali amalga oshirish imkoniyati yaratildi. Bu haqda MMTV xabar berdi.
Toʻlovlarni:
– mobil ilovalar orqali;
– bank kassalarida naqd pul yoki bank kartasi orqali amalga oshirishingiz mumkin.
Eslatib oʻtamiz, toʻlovni tasdiqlashdan oldin quyidagi maʼlumotlarni diqqat bilan tekshirish tavsiya etiladi:
– bolaning F.I.Sh va JSHSHIR raqami;
– maktabgacha taʼlim tashkiloti raqami va guruh nomi;
– toʻlov summasi miqdori.
Mobil toʻlov tizimi orqali toʻlov quyidagi tartibda amalga oshiriladi:
– mobil toʻlov tizimiga kiriladi;
– “Maktabgacha taʼlim tashkilotlari” yoki “Bolalar bogʻchasi toʻlovi” boʻlimi tanlanadi;
– bolaning JSHSHIR raqami tegishli maydonga kiritiladi;
-kiritilgan maʼlumotlarning toʻgʻriligi tekshiriladi.
Maʼlumotlar toʻgʻri kiritilsa, bolaning shaxsiy maʼlumotlari ekranda aks etadi. Tizimda ushbu maʼlumotlar aks etadi:
– bolaning familiyasi, ismi va sharifi;
– JSHSHIR;
– maktabgacha taʼlim tashkiloti yaʼni bogʻcha nomi;
– guruh nomi;
– bola balansi;
– belgilangan toʻlov summasi.
Maʼlumotlarning toʻgʻriligiga ishonch hosil qilingach, belgilangan toʻlov summasini toʻlash mumkin.
Bank kassalari orqali toʻlovni amalga oshirish tartibi
Bank kassasi orqali bola badal toʻlovini amalga oshirish uchun ota-ona yoki qonuniy vakil quyidagi tartibda harakat qiladi:
– oʻz hududiga yaqin bank kassasiga murojaat qiladi;
– bank kassasi xodimiga bolaning JSHSHIR ni taqdim etadi;
– bank kassasi xodimi bolaning tegishli maʼlumotlarini aniqlaydi;
– tizim orqali bolaning belgilangan toʻlov summasi yoki mavjud qarzdorligi aniqlanadi;
– ota-ona yaʼni toʻlovchiga toʻlanishi kerak boʻlgan summa maʼlum qilinadi;
– belgilangan toʻlov amalga oshiriladi.
Avvalroq, 1-sentyabrdan davlat bog‘chalarida oylik to‘lovlar o‘zgarishi haqida xabar bergan edik.
