Imtiyozli ta’lim kreditlarining 77 foizi xotin-qizlarga ajratilgan

Imtiyozli ta’lim kreditlarining 77 foizi xotin-qizlarga ajratilgan

2026-yilning birinchi yarim yilligida 8 946 nafar talabaga jami 115,9 mlrd so‘mlik imtiyozli ta’lim kreditlari ajratildi. Ushbu mablag‘larning 77,1 foizi xotin-qizlar uchun yo‘naltirilgan.

 

Joriy yilning  birinchi yarimda imtiyozli ta’lim kreditlari uchun 115,9 mlrd so‘m ajratildi. Bu haqda Iqtisodiyot va moliya vazirligi xabar berdi.

 

Unga ko‘ra, 2026-yil yarim yillikda tijorat banklari tomonidan jami 115,9 mlrd so‘mlik imtiyozli ta’lim kreditlari ajratilib, 8 946 nafar talaba qamrab olingan.

 

Shuningdek, ushbu kreditlarning katta qismi — 89,4 mlrd so‘m, ya’ni 77,1 foizi xotin-qizlarga ajratilgan. Mazkur imkoniyatdan 7 098 nafar ayol talabalar foydalangan.

 

Tijorat banklari kesimidagi batafsil ma’lumotlar quyidagicha:

 

Imtiyozli ta’lim kreditlarining 77 foizi xotin-qizlarga ajratilgan

 

Avvalroq, ta’lim krediti faqat kunduzgi ta’lim shaklida o‘qiydigan talabalarga berilishi haqida xabar bergan edik.