O‘zbekiston va Hindiston o‘rtasida oliy ta’lim va ilmiy tadqiqotlar sohasidagi hamkorlik toʻgʻrisida bitim imzolandi

O‘zbekiston va Hindiston o‘rtasida oliy ta’lim va ilmiy tadqiqotlar sohasidagi hamkorlik toʻgʻrisida bitim imzolandi

O‘zbekiston va Hindiston o‘rtasidagi hamkorlikni savdo, investitsiya, ta’lim, tibbiyot, turizm va boshqa sohalarda rivojlantirishga qaratilgan qator ikki tomonlama hujjatlar imzolandi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.

 

Oliy darajadagi muzokaralar yakunida O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Hindiston Bosh vaziri Narendra Modi ishtirokida ikki tomonlama hujjatlarni imzolash marosimi bo‘lib o‘tdi.

 

Imzolangan hujjatlar savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy, madaniy-gumanitar va boshqa yo‘nalishlardagi hamkorlikni yanada rivojlantirish va chuqurlashtirishga qaratilgan.

 

Jumladan, quyidagi hujjatlar imzolangan:

 

– Hindiston Respublikasi Bosh vaziri Narendra Modining Oʻzbekiston Respublikasiga tashrifi yakunlari boʻyicha qoʻshma bayonot;

– Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati va Hindiston Respublikasi Hukumati oʻrtasida 2026-2030-yillarga moʻljallangan madaniy almashinuvlar dasturi;

– Ayurveda va anʼanaviy tibbiyotning boshqa yoʻnalishlarida hamkorlik toʻgʻrisidagi oʻzaro anglashuv memorandumi;

– Oliy taʼlim va ilmiy tadqiqotlar sohasidagi hamkorlik toʻgʻrisida bitim;

– Atrof-muhitni muhofaza qilish sohasidagi hamkorlik toʻgʻrisida bitim;

– Fayoztepa va Qoratepa hududlarida arxeologik tadqiqotlar oʻtkazish toʻgʻrisida bayonnoma;

– Iqtisodiy va moliyaviy muloqot toʻgʻrisida oʻzaro anglashuv memorandumi;

– 2026-2028-yillarda turizm sohasidagi hamkorlik dasturi;

– Geologiya va mineral resurslar sohasidagi hamkorlik toʻgʻrisida oʻzaro anglashuv memorandumi;

– Arxiv ishi sohasidagi hamkorlik toʻgʻrisida oʻzaro anglashuv memorandumi;

– Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti hamda Sushma Svaraj nomidagi Tashqi aloqalar instituti oʻrtasidagi hamkorlik toʻgʻrisida oʻzaro anglashuv memorandumi;

– Samarqand viloyati va Gujarat shtati oʻrtasida sheriklik munosabatlarini oʻrnatish toʻgʻrisida bitim.

 

Mazkur hujjatlar ikki mamlakat o‘rtasidagi ko‘p qirrali hamkorlikni yangi yo‘nalishlarda kengaytirishga xizmat qilishi ko‘zda tutilgan.

 

Avvalroq, Oʻzbekiston va AQSH maktab rahbarlari hamda psixologlar malakasini oshirish boʻyicha hamkorlik qilishi haqida xabar berilgandi.