6-yo‘nalish uchun tanlov natijalari 3-sentyabrga qadar e’lon qilinadi

6-yo‘nalish uchun tanlov natijalari 3-sentyabrga qadar e’lon qilinadi

Xabaringiz bor, 28-avgust kuni vakant o‘rinlarga qo‘shimcha tanlov uchun ro‘yxatdan o‘tish yakunlandi. Tanlov natijalari 3-sentyabrga qadar e’lon qilinadi.

 

2026/2027 o‘quv yilgi oliy ta’lim tashkilotlarining bakalavriat yo‘nalishlaridagi vakant o‘rinlar uchun qo‘shimcha tanlovda ishtirok etish bo‘yicha ro‘yxatdan o‘tish 28-avgust kuni soat 23:59 da yakunlandi.

 

Qo‘shimcha tanlovda oliy ta’lim tashkilotlarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga kirish uchun fanlar majmuasi va ta’lim tili mos bo‘lgan, vakant o‘rinlar mavjud yo‘nalishlarni tanlagan abituriyentlar ishtirok etdi.

 

Ro‘yxatdan o‘tgan abituriyentlarni vakant o‘rinlarga to‘plagan ballari ketma-ketligiga qat’iy rioya qilingan holda, bazaviy to‘lov-kontrakt asosida talabalikka tavsiya etish bo‘yicha tanlov o‘tkaziladi.

 

Tanlov natijalari 2026-yil 3-sentyabrga qadar e’lon qilinadi.

 

Agentlikning tanlov qaydnomalari abituriyentlarni talabalikka qabul qilish boʻyicha belgilangan tartibda buyruqlarni rasmiylashtirish uchun asos boʻladi.