6-yo‘nalish uchun tanlov natijalari 3-sentyabrga qadar e’lon qilinadi

6-yo‘nalish uchun tanlov natijalari 3-sentyabrga qadar e’lon qilinadi

Xabaringiz bor, 28-avgust kuni vakant o‘rinlarga qo‘shimcha tanlov uchun ro‘yxatdan o‘tish yakunlandi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠⁠ Tanlov natijalari 3-sentyabrga qadar e’lon qilinadi.

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠⁠

2026/2027 o‘quv yilgi oliy ta’lim tashkilotlarining bakalavriat yo‘nalishlaridagi vakant o‘rinlar uchun qo‘shimcha tanlovda ishtirok etish bo‘yicha ro‘yxatdan o‘tish 28-avgust kuni soat 23:59 da yakunlandi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠⁠

Qo‘shimcha tanlovda oliy ta’lim tashkilotlarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga kirish uchun fanlar majmuasi va ta’lim tili mos bo‘lgan, vakant o‘rinlar mavjud yo‘nalishlarni tanlagan abituriyentlar ishtirok etdi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠⁠

Ro‘yxatdan o‘tgan abituriyentlarni vakant o‘rinlarga to‘plagan ballari ketma-ketligiga qat’iy rioya qilingan holda, bazaviy to‘lov-kontrakt asosida talabalikka tavsiya etish bo‘yicha tanlov o‘tkaziladi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠⁠

Tanlov natijalari 2026-yil 3-sentyabrga qadar e’lon qilinadi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠⁠

Agentlikning tanlov qaydnomalari abituriyentlarni talabalikka qabul qilish boʻyicha belgilangan tartibda buyruqlarni rasmiylashtirish uchun asos boʻladi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠⁠