2026-yil 1-sentyabrdan O‘zbekistonda budjet tashkilotlari xodimlarining ish haqi hamda stipendiyalar 7 foizga oshiriladi. Shuningdek, mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdori hamda bazaviy hisoblash miqdorida ham o‘zgarish bo‘ladi.
Prezidentning 2026-yil 23-iyundagi PF-115-son farmoniga ko‘ra, joriy yil 1-sentyabrdan O‘zbekistonda budjet tashkilotlari xodimlarining ish haqi hamda stipendiyalar 7 foizga oshiriladi.
Bunda:
- budjet tashkilotlari xodimlarining ish haqi va stipendiyalar 7 foizga oshiriladi;
- mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdori oyiga 1 million 360 ming so‘m etib belgilanadi;
- bazaviy hisoblash miqdori 440 ming so‘mni tashkil etadi.
Avvalroq, bitiruvchilarning o‘rtacha daromadi eng yuqori bo‘lgan oliygohlar ma’lum qilingandi.
