Prezident qarori bilan Toshkent toʻqimachilik va yengil sanoat instituti negizida Toshkent davlat yengil sanoat va tadbirkorlik universitetini tashkil etish rejalashtirilmoqda. Institutning amaldagi talabalari oʻqishini yangi universitetda davom ettiradi.
Prezident qarori bilan Toshkent toʻqimachilik va yengil sanoat instituti negizida Toshkent davlat yengil sanoat va tadbirkorlik universiteti tashkil etilishi kutilmoqda.
Qaror loyihasiga ko‘ra, institutda tahsil olayotgan barcha talabalar o‘qishini yangi tashkil etiladigan universitetda davom ettiradi.
Shuningdek, 2025/2026-o‘quv yilidan boshlab bitiruvchi kurs talabalari belgilangan tartibda Toshkent davlat yengil sanoat va tadbirkorlik universiteti diplomi bilan taqdirlanadi.
Mazkur o‘zgarishlar oliy ta’lim tizimida yengil sanoat va tadbirkorlik yo‘nalishlarida kadrlar tayyorlash sifatini oshirish hamda ta’lim jarayonini zamonaviy talablar asosida tashkil etishga xizmat qilishi kutilmoqda.
Avvalroq, Prezident qaroriga asosan Toshkent arxitektura-qurilish universitetida Zamonaviy urbanistika va aglomeratsiyalarni boshqarish fakulteti tashkil etilishi haqida xabar bergan edik.
