Odil sudlov akademiyasi falsafa doktori (PhD) va fan doktori (DSc) ilmiy darajalari uchun mustaqil izlanuvchilikka hujjatlar qabulini boshladi. Nomzodlar hujjatlarini 15-iyuldan 15-avgustga qadar huquqshunoslikning 8 ta ixtisosligi bo‘yicha topshirishlari mumkin.
O‘zbekiston Respublikasi Odil sudlov akademiyasi falsafa doktori (PhD) va fan doktori (DSc) ilmiy darajalarini olish istagida bo‘lganlar uchun mustaqil izlanuvchilikka hujjatlar qabulini e’lon qildi. Hujjatlar 2026-yil 15-iyuldan 15-avgustga qadar qabul qilinadi.
Akademiya quyidagi huquqshunoslik ixtisosliklari bo‘yicha mustaqil izlanuvchilarni qabul qiladi:
– 12.00.02 — Konstitutsiyaviy huquq, ma’muriy huquq, moliya va bojxona huquqi;
– 12.00.03 — Fuqarolik huquqi, tadbirkorlik huquqi, oila huquqi, xalqaro xususiy huquq;
– 12.00.04 — Fuqarolik protsessual huquqi, iqtisodiy protsessual huquqi, hakamlik jarayoni va mediatsiya;
– 12.00.05 — Mehnat huquqi, ijtimoiy ta’minot huquqi;
– 12.00.07 — Sud hokimiyati, prokuror nazorati, huquqni muhofaza qilish faoliyatini tashkil etish, advokatura;
– 12.00.08 — Jinoyat huquqi, jinoyat-ijroiya huquqi;
– 12.00.09 — Jinoyat protsessi, kriminalistika, tezkor-qidiruv huquqi va sud ekspertizasi;
– 12.00.10 — Xalqaro huquq.
Nomzodlar daraja.ilmiy.uz platformasi orqali ro‘yxatdan o‘tishlari mumkin.
Tanlovda ishtirok etish tartibi hamda topshirilishi lozim bo‘lgan hujjatlar ro‘yxati Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 22-maydagi 304-son qarori bilan tasdiqlangan “Oliy ta’limdan keyingi ta’lim to‘g‘risida”gi Nizom asosida amalga oshiriladi.
Avvalroq, PhD va DSc bo‘yicha mustaqil izlanuvchilikka qabul boshlangani haqida xabar bergan edik.
