O‘qituvchilarni kasbiy sertifikatlashga jalb qilish noto‘g‘ri talqin qilinmoqda – vazirlik

Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi qaysi toifadagi o‘qituvchilarning kasbiy sertifikatlash jarayoniga jalb qilinishi bo’yicha Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi hamda hududiy maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmalariga ko‘rsatma xati yubordi.

 

 

Unga ko‘ra, pedagogik ish stajiga ega bo‘lgan, turli sabablarga ko‘ra ish joyini o‘zgartirayotgan nomzodlarni
ham stajor-o‘qituvchi lavozimiga ishga qabul qilish hamda oliy, birinchi va ikkinchi malaka toifalariga ega bo‘lgan pedagoglarni kasbiy sertifikat sinovlariga jalb qilish holatlariga yo‘l qo‘yilayotgani qayd etilgan.

 

 

“Mazkur masala bo‘yicha Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining 2023-yil 9-avgustdagi 02-01/3-1188-son xati hududiy boshqarmalarga ijro va nazorat uchun yuborilgan. Xatda 2023/2024-o‘quv yilidan boshlab pedagogik kasblarga birinchi marta ishga qabul qilinadigan oliy ma’lumotli talabgorlar stajor-o‘qituvchi sifatida faoliyat yuritishi va ular ishga qabul qilingan vaqtdan boshlab bir yil muddat davomida kasbiy sertifikatga ega bo‘lishi talabi belgilanganligi qayd etilgan”, – deyiladi hujjatda.

 

 

Qayd etish lozim, hukumatning tegish (02.02.2024-yildagi 87-son) qarorida “2023/2024-o‘quv yilidan boshlab umumiy o‘rta ta’lim tashkilotlarida pedagog kasbiga birinchi marta ishga qabul qilingan stajor-o‘qituvchilar, 2024/2025-o‘quv yilidan boshlab esa bosqichma-bosqich umumiy o‘rta ta’lim tashkilotlarining tegishli toifaga ega bo‘lmagan pedagog kadrlari kasbiy sertifikatlash sinovlariga jalb etilishi” hamda mazkur qaror bilan tasdiqlangan “Davlat umumiy o‘rta ta’lim tashkilotlari pedagog kadrlarini kasbiy sertifikatlash bo‘yicha davlat xizmatlarini ko‘rsatishning ma’muriy reglamenti”da “talabgor — kasbiy sertifikat olishga da’vogar bo‘lgan davlat umumiy o‘rta ta’lim tashkilotidagi stajor-o‘qituvchi yoki mutaxassis lavozimidagi o‘qituvchi” ekanligi belgilab qo‘yilgan.

Add a Comment

Your email address will not be published.

Mavzuga oid​

Telegram kanalga a’zo bo’lgan holda yangiliklar to'g'ridan-to'g'ri xabardor bo’ling!

Hamkorlarimiz

По теме

Станьте участником Telegram-канала и будьте в курсе новостей напрямую!

Наши партнеры