Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, so‘nggi 35 yil ichida O‘zbekistonda oliy ta’lim tashkilotlari soni 4,1 barobarga oshdi.
Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2025/2026-o‘quv yili boshida O‘zbekistonda faoliyat yuritayotgan oliy ta’lim tashkilotlari soni (filiallar bilan birga) 215 tani tashkil etgan.
Bu ko‘rsatkich 1991-yilga nisbatan 4,1 barobarga oshgan.
Oliy ta’lim tashkilotlari sonining yillar kesimidagi dinamikasi quyidagicha:
- 1991-yil — 52 ta;
- 1995-yil — 58 ta;
- 2000-yil — 61 ta;
- 2005-yil — 62 ta;
- 2010-yil — 65 ta;
- 2015-yil — 69 ta;
- 2020-yil — 127 ta;
- 2021-yil — 154 ta;
- 2022-yil — 191 ta;
- 2023-yil — 219 ta;
- 2024-yil — 222 ta;
- 2025-yil — 215 ta.
Eslatib o‘tamiz, 18-iyun kuni ‘‘QS World University Rankings 2027’’ e’lon qilingan edi. Mazkur reytingda dunyo bo‘yicha 1500 dan ortiq universitetlar baholangan. Baholash jarayonida akademik obro‘, ish beruvchilar fikri, ilmiy tadqiqotlar sifati, xalqaro hamkorlik va boshqa bir qator mezonlar inobatga olingan.
Reyting natijalariga ko‘ra, O‘zbekistonning 6 ta oliy ta’lim muassasasi dunyoning eng nufuzli universitetlari ro‘yxatiga kiritilgan.
Bular:
— “TIQXMMI” milliy tadqiqot universiteti — 458-o‘rin;
— O‘zbekiston Milliy universiteti — 801–850;
— Toshkent davlat texnika universiteti — 1001-1200;
— Samarqand davlat universiteti — 1001–1200;
— Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti — 1201–1400;
— Toshkent davlat transport universiteti — 1201–1400.
Ma’lumot uchun, ‘‘QS World University Rankings’’ – 2004-yildan beri e’lon qilib kelinayotgan, oliy ta’lim muassasalarini 9 ta global indikator asosida baholovchi eng obro‘li xalqaro reytinglardan biri hisoblanadi.
