Xabaringiz bor, jadval bo’yicha 8-iyun kuni 9-sinf bitiruvchilari uchun O‘zbekiston tarixi fanidan yakuniy davlat imtihoni bo‘lib o‘tadi.
9-sinf bitiruvchilari uchun O‘zbekiston tarixi fanidan oʻtkaziladigan test variantlarini aniqlash boʻyicha qurʼa tashlandi.
Bunda oʻquvchilar 8-iyun kuni 1 va 8-variantlar asosida imtihon topshirishlari maʼlum boʻldi.
Maʼlumot uchun: Yakuniy davlat attestatsiyasi oʻtkaziladigan fanlardan imtihon belgilangan kundan bir kun oldin qurʼa tashlash yoʻli bilan (yozma shaklda oʻtkaziladigan fanlar boʻyicha) shakllantirilgan variantlar orasidan 2 ta variant tanlab olinadi.
9-sinf O’zbekiston tarixi fanidan metodik materiallar — Faylni yuklash
Avvalroq, 9 va 11-sinf bitiruvchilari uchun yakuniy davlat attestatsiyasi tartibi haqida xabar berilgandi.
