Xabaringiz bor, 2025-2026-oʻquv yilida yakuniy davlat attestatsiyasi oʻtkaziladigan fanlar uchun qurʼa tashlash tadbirlari o‘tkazilmoqda. Jadval bo‘yicha 4-iyun kuni 9-sinf bitiruvchilari uchun matematikadan yakuniy davlat imtihoni bo‘lib o‘tadi.
9-sinf bitiruvchilari uchun Matematika (Asosiy/Chuqurlashtirilgan) fanidan oʻtkaziladigan test variantlarini aniqlash boʻyicha qurʼa tashlandi.
Bunda oʻquvchilar ertaga, 4-iyun kuni 10 va 8-variantlar asosida imtihon topshirishlari maʼlum boʻldi.
Maʼlumot uchun: Yakuniy davlat attestatsiyasi oʻtkaziladigan fanlardan imtihon belgilangan kundan bir kun oldin qurʼa tashlash yoʻli bilan (yozma shaklda oʻtkaziladigan fanlar boʻyicha) shakllantirilgan variantlar orasidan 2 ta variant tanlab olinadi.
9-sinf matematika fanidan metodik material — Faylni yuklash
8-variant matematika — Faylni yuklash
10-variant matematika — Faylni yuklash
Avvalroq, 9 va 11-sinf bitiruvchilari uchun yakuniy davlat attestatsiyasi tartibi haqida xabar berilgandi.
