Jizzaxda maktab bitiruvchilari 20 yil oʻtgach, taʼlim maskanini hashar bilan taʼmirlashdi. Sobiq bitiruvchilar tomonidan koʻrsatilgan bu namunali tashabbus keng jamoatchilik eʼtiboriga tushdi.
Jizzax viloyati Sharof Rashidov tumanidagi 23-sonli maktabning sobiq oʻquvchilari taʼlim maskanini hashar tarzida taʼmirlab berishdi. Bu haqda Oyina.uz nashri xabar berdi.
Taʼkidlanishicha, bitirganiga 20-yil boʻlgan oʻquvchilar oʻzaro yigʻilgan pullarga maktab hovlisiga asfalt yotqizgan va jarayonda oʻzlari ham ishtirok etgan.
Avvalroq, Buxorolik yosh qiz konditsioner o‘rnatilgan kostyum yaratgani haqida xabar bergan edik.
