Buxorolik yosh qiz konditsioner o‘rnatilgan kostyum yaratdi

Buxorolik yosh qiz konditsioner o‘rnatilgan kostyum yaratdi

Buxorolik yosh qiz konditsioner tizimiga ega “aqlli kostyum” yaratdi. Ushbu maxsus kiyim jazirama issiq sharoitda ochiq havoda mehnat qiladigan ishchilar uchun mo‘ljallangan.

 

Ushbu kostyum quyosh batareyalari orqali quvvatlanadi va ichiga o‘rnatilgan ventilyatsiya tizimi yordamida tana haroratini me’yorida ushlab turishga xizmat qiladi. Bundan tashqari, kiyim GPS-treker bilan ham jihozlangan bo‘lib, bu funksiya orqali xodimning joylashuvini kuzatish va xavfsizlikni ta’minlash imkoniyati yaratiladi.

Buxorolik yosh qiz konditsioner o‘rnatilgan kostyum yaratdi

Mutaxassislarning fikricha, bunday kiyimlar qurilish, yo‘lsozlik, qishloq xo‘jaligi kabi sohalarda ishlovchi xodimlar uchun foydali bo‘lishi mumkin. Ayniqsa, global iqlim o‘zgarishi tufayli issiq kunlar boshlanayotgan bir paytda bu kabi texnologiyalar katta ahamiyat kasb etadi.

 

Loyiha allaqachon e’tirof etilib, uni yanada rivojlantirish uchun 1 milliard so‘m miqdorida grant yutib olingan. Endilikda ushbu kostyumlarni takomillashtirish, ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish va keng ommaga taqdim etish rejalashtirilgan.