Chet tilidan boʻladigan imtihon uchun ruxsatnomalar taqdim etildi. Talabgorlar imtihon joyi va vaqtini my.gov.uz saytida bilishlari mumkin.
Chet tilini bilish darajasini aniqlash boʻyicha may oyida boʻlib oʻtadigan imtihon sanalari eʼlon qilindi.
Unga koʻra:
– imtihonning yozma qismi — 16-17-, 23-24- va 30-31-may (shanba, yakshanba) kunlari;
– gapirish koʻnikmasini baholash bosqichi — 5-maydan 12-iyungacha (dam olish va bayram kunlaridan tashqari) oʻtkaziladi.
Talabgorlar imtihon joyi, kuni va aniq vaqtini my.gov.uz saytining “Mening arizalarim” boʻlimidan bilishlari va ruxsatnomani yuklab olishlari mumkin.
Ruxsatnomada talabgorlar qachon, qayerda test sinovida ishtirok etishi koʻrsatilgan boʻlib, talabgorlardan belgilangan vaqtdan kechikmagan holda kelish soʻraladi.
Talabgorlar test sinovi oʻtkaziladigan binolarga shaxsini tasdiqlovchi hujjat (pasport yoki ID-karta) asosida kiritiladi.
Imtihon oʻtkaziladigan joylar va ularning joylashuvi (geolokatsiya): https://telegra.ph/Chet-tili-05-02
Avvalroq, biologiya, tarix va fizika fanlaridan milliy sertifikat natijalari qachon chiqishi maʼlum qilingan edi.
