2026-yil 1-2-may kunlari maktabgacha taʼlim tashkilotlarining Tarbiyachi-metodistlari (MTT direktor oʻrinbosari), Tarbiyachi -pedagoglari, Psixologlari, Musiqa xodimlari (Musiqa rahbarlari) Jismoniy tarbiya yoʻriqchilari, Defektologlari, Logopedlari hamda Rus tili, Fransuz tili, Ingliz tili, Nemis tili oʻqituvchilari uchun malaka toifa sinovlari bo‘lib o‘tadi.
Joriy yil 7-aprel kunidan boshlab maktabgacha, umumiy oʻrta va maktabdan tashqari taʼlim tashkilotlari pedagoglari uchun oʻquv fanlaridan malaka (test) sinovlari tashkil etilmoqda.
Bugun, 22-aprel kuni rus tili (milliy), rus tili va adabiyoti (rus), tojik tili va adabiyoti, turkman tili va adabiyoti, qozoq tili va adabiyoti, qirgʻiz tili va adabiyoti fanlari o‘qituvchilari uchun attestatsiya sinovlari o‘tkazilmoqda.
Quyidagi roʻyxatlar orqali pedagoglar test topshiradigan aniq sanasini, guruhini va vaqtini bilib olishlari mumkin:
Qoraqalpogʻiston Respublikasi – Faylni yuklash
Andijon viloyati – Faylni yuklash
Buxoro viloyati – Faylni yuklash
Jizzax viloyati – Faylni yuklash
Qashqadaryo viloyati – Faylni yuklash
Navoiy viloyati – Faylni yuklash
Namangan viloyati – Faylni yuklash
Samarqand viloyati – Faylni yuklash
Sirdaryo viloyati – Faylni yuklash
Surxondaryo viloyati – Faylni yuklash
Toshkent viloyati – Faylni yuklash
Fargʻona viloyati – Faylni yuklash
Xorazm viloyati – Faylni yuklash
Toshkent shahri – Faylni yuklash
Eslatma: attestatsiyaga jalb qilingan pedagoglarga ortiqcha ovoragarchilik va kutib qolishning oldini olish maqsadida attestatsiya sinovlariga Shaxsni tasdiqlovchi hujjat va murojaat yuborishda toʻldirilgan SOʻROVNOMA bilan oʻzlari uchun belgilangan vaqtdan yarim soat oldin yetib kelishlari kerak.
Avvalroq, 2026-yilning yanvar-iyun oylarida o‘tkaziladigan malaka toifa sinovlari sanalari belgilangani haqida xabar bergan edik.
23-25-aprel kunlari malaka test sinovlarida ishtirok etadigan ingliz tili, fransuz tili, nemis tili, koreys tili, xitoy tili, yapon tili fanlari oʻqituvchilari ro‘yxati – Faylni yuklash
27-28-aprel kunlari malaka test sinovlarida ishtirok etadigan matematika fani oʻqituvchilari ro‘yxati – Faylni yuklash
29-aprel kuni attestatsiyada qatnashadigan Geografiya, Iqtisodiy bilim asoslari fanlari oʻqituvchilari hamda Psixologlari, oʻqituvchi-defektologlari, oʻqituvchi-logopedlari ro‘yxati – Faylni yuklash
30-aprel kuni umumtaʼlim maktablarining Tasviriy sanʼat va chizmachilik, Texnologiya (servis xizmati yoʻnalishi-qiz bolalar uchun), Texnologiya (texnologiya va dizayn yoʻnalishi – oʻgʻil bolalar uchun), Chaqiruvga qadar boshlangʻich tayyorgarlik fanlari oʻqituvchilari ro‘yxati – Faylni yuklash
Malaka sinovlari oʻtkaziladigan manzillar – batafsil
