Erta kasbga yo‘naltirish: maktabgacha yoshdagi bolalarda kasblar haqida dastlabki tasavvurlarni shakllantirish

Erta kasbga yo‘naltirish: maktabgacha yoshdagi bolalarda kasblar haqida dastlabki tasavvurlarni shakllantirish

Maktabgacha yosh davri bolaning shaxsiyati, qiziqishlari va dunyoqarashi shakllanadigan muhim bosqich hisoblanadi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠ Shu sababli aynan shu davrda bolalarda turli kasblar haqida dastlabki tasavvurlarni shakllantirish muhim ahamiyatga ega.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠ Pedagogik amaliyotda bu jarayon erta kasbga yo‘naltirish deb ataladi.

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

Erta kasbga yo‘naltirish bolaning kelajakdagi kasb tanlashiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri ta’sir ko‘rsatmaydi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠ Uning asosiy vazifasi bolani muayyan kasbga majburlash emas, balki turli faoliyat turlari bilan tanishtirish orqali kelajakdagi ongli tanlov uchun poydevor yaratishdir.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

Quyida Ta’limni rivojlantirish markazi ma’lumotlariga asoslanib tayyorlangan tavsiyaviy materialni o‘qishingiz mumkin.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

Maktabgacha yoshda kasbga yo‘naltirish nima uchun kerak?

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

Bu yoshda hech kim bolani aniq bir kasbni tanlashga majburlamaydi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠ Ta’lim tizimining maqsadi — quyidagilar orqali kelajakdagi tanlov uchun poydevor yaratishdir:⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

Dunyoqarashni kengaytirish: kasblar olamining rang-barangligi bilan tanishish (qutqaruvchilar, shifokorlar, muhandislar, kosmonavtlar kimligini bilish);⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

Ijtimoiylashuv: insonlar hayotida mehnatning o‘rnini tushunish va har qanday mehnatga (ishga) nisbatan hurmat ruhida tarbiyalash;⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

Moyilliklarni aniqlash: bolani qaysi o‘yinlar va faoliyat turlari ko‘proq jalb etishini kuzatish.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠ Masalan, kimdir konstruktorlikka, boshqasi muloqotga, yana kimdir ijodiy faoliyatga qiziqishi mumkin.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

Amaliyotda bu jarayon qanday tashkil etiladi?

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

Maktabgacha yoshdagi bolalar bilan kasbga yo‘naltirish ishlari doimo o‘yin shaklida olib boriladi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠ Bu jarayonda zerikarli ma’ruzalar emas, balki qiziqarli va interaktiv faoliyat turlari qo‘llaniladi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

Syujetli-rolli o‘yinlar⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

Bolalar “shifoxona”, “do‘kon”, “kosmik sayohat” kabi o‘yinlar orqali turli kasblarni tasavvur qiladi va ularning faoliyati bilan tanishadi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠ Bunday o‘yinlar bolalarning tasavvurini kengaytiradi hamda ijtimoiy ko‘nikmalarini rivojlantiradi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

Ekskursiyalar va uchrashuvlar⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

Bog‘cha oshxonasiga, kutubxona yoki boshqa xizmat joylariga kichik ekskursiyalar tashkil etish orqali bolalarni turli kasblar bilan tanishtirish mumkin.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠ Shuningdek, ota-onalarni bog‘chaga taklif qilib, ular o‘z kasblari haqida bolalarga qiziqarli hikoyalar aytib berishlari ham samarali usullardan biridir.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

Kasbiy sinovlar⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

Oddiy amaliy mashg‘ulotlar ham bolalarda kasblar haqida tasavvur hosil qilishga yordam beradi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠ Masalan, gul ekish, konstruktordan uy qurish yoki kichik ijodiy ishlar bajarish orqali bolalar turli faoliyat turlarini sinab ko‘rishadi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

Zamonaviy ta’lim tendensiyalariga ko‘ra, maktabgacha ta’lim bolalarda kattalar mehnati va uning jamiyatdagi ahamiyati haqida dastlabki tushunchalarni shakllantirishi zarur.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

Bolalarni kasblar olami bilan tanishtirishning qiziqarli usullari:

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

Bolalarni kasblar bilan tanishtirishda turli o‘yinlar va faoliyatlar ham katta samara beradi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

“Top-chi, men kimman?” o‘yini⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

Bu o‘yinda kattalar ma’lum bir kasbga xos harakatlar yoki asbob-uskunalarni tasvirlab beradi, bola esa qaysi kasb haqida gap ketayotganini topishi kerak.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

Masalan, “Men qaychi, taroq va fen yordamida odamlarga chiroyli soch turmaklari yarataman.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠ Men kimman?” (Sartarosh).⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

O‘yinni murakkablashtirish uchun bolaning o‘zi bir kasb o‘ylab topishi va uni aytmasdan tasvirlab berishi mumkin.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

“Bir kasb kuni”⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

Haftada bir marta ma’lum bir kasbga bag‘ishlangan tematik kun tashkil etish ham samarali hisoblanadi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

Masalan: Oshpaz kuni.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

Bolalar bilan birgalikda pechenye pishirish, fartuk taqish va retsept nima uchun kerakligini muhokama qilishi mumkin.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

Ekolog kuni.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

Uy chiqindilarini saralash, plastik va qog‘ozni ajratish hamda tabiatni asrash haqida suhbat o‘tkazish mumkin.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

“Kasbiy chamadoncha” (syujetli-rolli o‘yinlar)⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

Turli kasblarga mos buyumlar to‘plami tayyorlab, syujetli-rolli o‘yinlar tashkil etish mumkin.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

Masalan:⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

  • “Quruvchi” to‘plami: kaska, kubiklar, ruletka yoki chizg‘ich.
  • “Florist” to‘plami: rangli qog‘oz yoki quritilgan gullar, lentalar, stakanlar va kichik sug‘orish idishlari.

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

“Agar shunday bo‘lsa-chi?..” o‘yini⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

Bu o‘yin bolalarning mantiqiy fikrlashini rivojlantiradi va jamiyatdagi kasblar o‘rtasidagi bog‘liqlikni tushunishga yordam beradi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

Masalan, bolaga quyidagi savollar berilishi mumkin:⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

  • Agar barcha shifokorlar ishga chiqmasa, nima bo‘lardi?
  • Agar hech kim chiqindi tashuvchi mashina haydovchisi bo‘lib ishlamasa, nima yuz berardi?
  • Agar quruvchilar uy qurishni to‘xtatsa, nima bo‘lardi?

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

Bunday savollar bolalarni o‘ylashga va kasblarning jamiyatdagi ahamiyatini tushunishga undaydi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

Erta kasbga yo‘naltirish maktabgacha yoshdagi bolalarda turli kasblar haqida dastlabki tasavvurlarni shakllantirish, ularning qiziqish va moyilliklarini aniqlash hamda mehnatga hurmat ruhini tarbiyalashda muhim ahamiyatga ega.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠ O‘yinlar, amaliy mashg‘ulotlar va qiziqarli faoliyatlar orqali bolalar kasblar olami bilan tabiiy va qiziqarli tarzda tanishib boradi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

Avvalroq, maktab o‘quvchilarni kasbga yo‘naltirishning jarayoni va uning ahamiyati haqida ma’lumot berilgan edi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠