O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining (03.07.2023-yil PQ 200-son) qarori 3-bandiga ko‘ra, litsenziyasi bekor qilingan taʼlim tashkiloti yoki yopilgan taʼlim dasturida tahsil olayotgan talabalarga o‘qishini davlat va nodavlat taʼlim tashkilotlarining mos va turdosh taʼlim yo‘nalishlari va mutaxassisliklariga belgilangan tartibda ko‘chirish huquqi beriladi.
Аynan shu qoidaga ko‘ra, nodavlat OTM talabalarida o‘qishni koʼchirish imkoniyati mavjud.
Bunda Vazirlar Mahkamasining (20.06. 2017-yil 393-son) qaroriga 3-ilovada tasdiqlangan “Oliy taʼlim muassasalari talabalari o‘qishini ko‘chirish, qayta tiklash va o‘qishdan chetlashtirish tartibi to‘g‘risida”gi Nizom 25-bandiga asosan, O‘quv rejalardagi fanlari bo‘yicha farqlar aniqlanganda talaba akademik qarzdor sifatida o‘qishga qabul qilinadi.
Demak, talaba o‘qishni boshqa OTMga ko‘chirganida akademik qarzdor sifatida o‘qishga qabul qilinadi.
Mazkur holatda talaba fanlaridagi qarzdorlik to‘liq yopilgandan so‘ng kursdan kursga o‘tkazilishi mumkin.